4 oyda O‘zbekistonda qancha oila buzilib ketgani ochiqlandi

Jamiyat

image

2022 yilning yanvar-aprel oylarida respublika bo‘yicha 16 256 ta oilada ajralish holatlari qayd etilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar berdi. 

Qayd etilishicha, joriy yilning dastlabki 4 oyida hududlar kesimida qayd etilgan ajralishlar soni qo‘yidagicha:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 729 ta;

Andijon viloyati – 1658 ta;

Buxoro viloyati – 923 ta;

Jizzax viloyati – 559 ta;

Qashqadaryo viloyati – 1342 ta;

Navoiy viloyati – 465 ta;

Namangan viloyati – 1404 ta;

Samarqand viloyati – 1736 ta;

Surxondaryo viloyati – 908 ta;

Sirdaryo viloyati – 580 ta;

Toshkent viloyati – 1700 ta;

Farg‘ona viloyati – 1628 ta;

Xorazm viloyati – 642 ta;

Toshkent shahri – 1982 ta;

Eslatib o‘tamiz, 2022 yilning yanvar-mart oylarida respublika bo‘yicha 12 164 ta ajralish holatlari qayd etilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

477

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing