4 oy ichida Toshkent viloyatida fotoradarlar qariyb 40 ming qoidabuzarlikni qayd etdi

Jamiyat

image

2019 yilning o‘tgan davri mobaynida viloyat hududida joylashgan maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari (fotoradarlar) orqali tezlikni me’yoridan oshirish holati bo‘yicha 37 ming 891 qoidabuzarliklar aniqlandi.

Qoidani buzib, lekin jarimani to‘lamasdan yurgan fuqarolar ham ko‘pchilikni tashkil etadi. Xususan, 24 ming 519 transport vositasi egasi yashash manziliga belgilangan jarima qog‘ozi yetkazilganiga qaramasdan, jarimalar to‘lamangan.

Jarimalarni o‘z vaqtida undirish maqsadida viloyat hududida Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi va Majburiy ijro byurosi xodimlari bilan hamkorlikda “AUTO CON” uskunasi yordamida belgilangan muddatda jarimani to‘lamagan qoidabuzar haydovchilarni aniqlab, ularning avtomashinasini jarima maydoniga joylashtirish ishlari olib borilmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 291-moddasi talablari asosida 60 kun muddat ichida jarimalarni to‘lamaslik, jarima to‘lagunga qadar transport vositasini jarima maydoniga qo‘yishga asos bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

Fotoradar

Baholaganlar

12

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing