4 mingga yaqin bola bedarak yo‘qolgan. 400 tasi haligacha topilmadi

Olam

image

Buxarest markazida shamlar, o‘yinchoqlar, eslatmalar va fotosuratlar yonmoqda. Bularning barchasi, yo‘lovchilarga iyul oyining oxirida Ruminiya janubidagi Karakal shahrida zo‘rlangan va o‘ldirilgan ruminiyalik maktab o‘quvchisi bo‘lgan 15 yoshli Aleksandrani eslatadi, deya xabar beradi “Euronews”.

Bir hafta oldin ushbu maydon gavjum ko‘rinardi. Ruminiyada amaldorlarni beparvolik, korrupsiya ayblab, hukumatning harakatlaridan noroziligini bildirish uchun bu yerga minglab odamlar to‘plandi.

Irina Ilisey, faol: “Bu yagona fojiali holat emas. Ayollarga nisbatan zo‘ravonlik keng tarqalgan, bu holatga qaraganda zo‘ravonlik kamroq bo‘lishi mumkin, ammo har kuni shunday bo‘ladi”. 

Ruminiya politsiyasining rasmiy ma’lumotlari shundan dalolat beradiki,Faqatgina o‘tgan yilning o‘zida 35 mingdan oshiq odamlar uydagi zo‘ravonlik va jinsiy zo‘ravonlik sababli huquqni muhofaza qilish idoralariga murojaat qildi, bu kuniga o‘rtacha 100 ta ana shunday holatni tashkil etadi.

Prezident Klaus Yoxannis barcha aybdorlar jazolanishini va’da qildi. Iyul oyi oxirida Ruminiya politsiyasining rahbari Ioana Buda ishdan olindi va mamlakat bosh vaziri Viorika Denchile Ruminiya fuqarolaridan qotillik, zo‘rlash va pedofiliya uchun jazo choralarini kuchaytirish kerakligini so‘rash uchun referendum o‘tkazmoqchi ekanini bildirdi. 

Gabriel Girnita, Yevropolning Ruminiyadagi raisi o‘rinbosari: “Yangi siyosiy rahbar hokimiyatga kelganida, unga bo‘ysunuvchi muassasalarning yangi rahbarlarini tayinlaydi. Ularning maqsadi mamlakatning alohida manfaatlariga rioya qilishdir.”

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, o‘tgan yili Ruminiyada 4 mingga yaqin bola bedarak yo‘qolgan. Ularning 400 tasi haligacha topilmadi. Politsiya bu odam savdosi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligini istisno qilmaydi. Bu Aleksandra qotilini tergov qilishda huquqni muhofaza qilish organlarining versiyalaridan biri.

Ruminiya odam savdosi qurbonlari soni eng ko‘p bo‘lgan beshta Yevropa mamlakatlaridan biridir. Ruminiyadan ular Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Fransiya va Ispaniyaga boradi.

Kiprian Gituleasa, odam savdosiga qarshi kurash agentligining Ruminiyadagi vakili:

“To‘g‘ri, Ruminiya fuqarolari turmush darajasi va mehnat sharoitlarini yaxshilashlari kerak, ammo bu odam savdosiga sabab bo‘lolmaydi. Shunday qilib, jinoiy guruhlar paydo bo‘ladi: masalan, jinsiy aloqa xizmatlariga katta talab mavjud bo‘lganda va siz bundan ko‘p pul ishlashingiz mumkin.”

Lorenti Kolentinanu, Yeuronyews:

“Aleksandra o‘ldirilganidan keyin ommaviy noroziliklar hukumatni chegara xizmatlarini, politsiya va sud tizimini isloh qilish to‘g‘risida o‘ylashga majbur qilmoqda. Ammo oiladagi zo‘ravonlik darajasi yuqori bo‘lgan mamlakatda 15 yoshli maktab o‘quvchisining fojiali o‘limi nafaqat davlat darajasida, balki o‘zgarish uchun katalizator bo‘lishi mumkin.”


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

55

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing