4 kishi koronavirusdan o‘ldi, pnevmoniyaga chalingan 195 bemor aniqlandi
Jamiyat
−
04 fevral 2022
6677Kecha, 3 fevral kuni O‘zbekistonda yana 4 kishi koronavirusdan vafot etdi. 961 nafar koronavirusga chalingan bemor qayd etildi. 195 kishida esa pnevmoniya aniqlangan. Mamlakatda ushbu virusga chalinganlarning umumiy soni 226997 taga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.
Yangi kasallanish holatlarining:
40 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida;
• 27 nafari Andijon viloyatida;
• 24 nafari Buxoro viloyatida;
• 20 nafari Jizzax viloyatida;
• 24 nafari Qashqadaryo viloyatida;
• 16 nafari Navoiy viloyatida;
• 24 nafari Namangan viloyatida;
• 57 nafari Samarqand viloyatida;
• 10 nafari Sirdaryo viloyatida;
• 48 nafari Surxondaryo viloyatida;
• 71 nafari Farg‘ona viloyatida;
• 27 nafari Xorazm viloyatida;
• 116 nafari Toshkent viloyatida;
• 457 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Kecha kun davomida:
• Qoraqalpog‘iston Respublikasida 7 nafar;
• Buxoro viloyatida 17 nafar;
• Qashqadaryo viloyatida 26 nafar;
• Navoiy viloyatida 16 nafar;
• Samarqand viloyatida 74 nafar;
• Sirdaryo viloyatida 21 nafar;
• Surxondaryo viloyatida 35 nafar;
• Farg‘ona viloyatida 51 nafar;
• Xorazm viloyatida 41 nafar;
• Toshkent viloyatida 24 nafar;
• Toshkent shahrida 36 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 211274 (+348) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 93 foizni tashkil etmoqda.
Ayni vaqtda O‘zbekistonda kasallikdan vafot etganlar rasmiy soni 1579 nafarni tashkil qildi. O‘lim holatlari Sog‘liqni saqlash vazirligi berib kelayotgan ma’lumotlardan bir necha barobar ko‘p.
LiveBarchasi