4 bolasi bilan Rossiyada qolib ketgan ayol O‘zbekistonga qaytarildi
Jamiyat
−
13 mart
2778O‘zbekistonning Rossiyaning Novosibirsk shahridagi Bosh konsulxonasi ko‘magida Rossiyaning Saxa Respublikasi Neryungri shahrida qiyin hayotiy vaziyatga tushib qolgan ona va uning to‘rt nafar farzandi O‘zbekistonga qaytarildi. Bu haqda “Dunyo” xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, mazkur oila Neryungri shahrida shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarini yo‘qotib qo‘ygani uchun turli muammolarga duch kelgan.
Diplomatik vakolatxona xodimlari zudlik bilan ushbu oila bilan uchrashib, pasportini yo‘qotgan bolalarning onasiga O‘zbekistonga qaytish uchun bepul guvohnoma rasmiylashtirgan. Shuningdek, ayol va uning bolalarining O‘zbekistonga kelishi uchun aviachipta sotib olingan va O‘zbekistonga yuborilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning Tomsk viloyatida og‘ir kasallikka chalingan O‘zbekiston fuqarosi mamlakatga qaytarilgan edi. Tomsk viloyatiga ishlash uchun kelgan O‘zbekiston fuqarosi B.X. tanasining bir qismi ishlamay qolgani va mustaqil harakat qilish imkoniyatidan mahrum bo‘lgani sababli ushbu viloyatdagi 2-sonli klinik shifoxonasiga yotqizilgan. Bemorning ahvoli og‘irligi inobatga olinib, uning O‘zbekistonga qaytishi uchun zarur ko‘mak ko‘rsatilgan hamda samolyotda mamlakatga kuzatib qo‘yilgan.
LiveBarchasi