4,5 mln tonna don Ukraina portlarida qolib ketdi – BMT

Olam

image

Ayni vaqtda Ukraina portlarida deyarli 4,5 million tonna don bor va ularni mamlakatdan olib chiqib bo‘lmaydi. Bu haqda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Germaniyadagi Jahon oziq-ovqat dasturi direktori Martin Frik DPA agentligiga bergan intervyusida ma’lum qildi.

“Deyarli 4,5 million tonna g‘alla Ukraina portlari va kemalarida bo‘lib, ulardan foydalanish mumkin emas”, deydi u. 

Frikning so‘zlariga ko‘ra, muammo shundaki, dengiz yo‘llari va portlardan chiqish yo‘llari to‘sib qo‘yilgan. Dunyodagi mamlakatlarga esa bu oziq-ovqat juda ham zarur.

“Ochlik iqtisodiy va harbiy jihatdan qurol bo‘la olmaydi. Global oziq-ovqat inqirozini yumshatish uchun ukrainaliklarni oziq-ovqat bilan ta’minlashga va dunyoning boshqa hududlaridagi odamlarga yetkazib berishni tiklash kerak”, deydi Frik.

“Bloomberg”ga ko‘ra, Rossiya va Ukraina g‘alla ekinlarining jahon eksportchilari bo‘lib, bu davlatlar o‘rtasidagi ziddiyat jahon bozoriga bug‘doy yetkazib berish barqarorligi bilan tahdid solmoqda.

Global eksportning 30 foizi shu ikki davlat hissasiga to‘g‘ri keladi. Yopilgan Azov dengizi va Rossiya bosib olgan Qora dengizdagi ukrain portlari ukrain va rus bug‘doyini xalqaro bozorga eltadigan asosiy eksport marshrutdir. 

Rossiya va Ukraina birgalikda yiliga 112 million tonnaga yaqin bug‘doy ishlab chiqaradi. Bu AQSH va Kanada bozorlarining umumiy hajmidan uch barobar ko‘p. Jahon bug‘doy savdosining chorak qismidan ko‘prog‘i, makkajo‘xori savdosining 20 foizi va kungaboqar yog‘i savdosining 80 foizi mazkur ikki davlat hissasiga to‘g‘ri keladi.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin G‘arb kiritayotgan sanksiyalar nafaqat Rossiya, balki butun jahon iqtisodiyotiga jiddiy zarba berishini, endi dunyoda oziq-ovqat bilan bog‘liq muammolar paydo bo‘lishini aytgan edi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

400

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing