39 nafar Nukus voqeasi ishtirokchisining ayblari ochiqlandi

3-sahifa

image

Bugun, 6 fevral kuni Buxoro viloyat sudi binosida 2022 yil 1-2 iyul kunlari Nukus shahrida ommaviy tartibsizliklarni sodir etganlikda ayblanayotgan 39 nafar sudlanuvchiga oid jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha ochiq sud jarayoni bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov ma’lum qildi.

Bugungi sud majlisida o‘qib eshittirilgan ayblov xulosasining qisqacha mazmuniga ko‘ra, 39 nafar sudlanuvchilar quyidagilarni sodir etganlikda ayblanmoqda:

A. Mirzambetov 2022 yil 2 iyul kuni Chimboy tumanida to‘plangan odamlarga ovoz kuchaytirish moslamalari orqali D. Tajimuratov lider ekanligi, uni ozod qilish va Qoraqalpog‘istonga bosh etish lozimligini ma’lum qilib, ommaviy tartibsizliklarga da’vat qilgan;

D. Nadirbayev 2022 yil 2 iyul kuni Taxtako‘pir tumanida odamlarni to‘plab, ommaviy tartibsizlikda ishtirok etish uchun Nukus shahriga kelishlariga yetakchilik qilgan;

P. Yesengeldiyev 2022 yil 2 iyul kuni Qo‘ng‘irot tumanida odamlarni to‘plab, ommaviy tartibsizlikda ishtirok etish uchun Nukus shahriga kelishlariga yetakchilik qilgan;

K. Yeshjanov 2022 yil 2 iyul kuni Qonliko‘l tumanida “Kanteks” korxonasi faoliyatini to‘xtatib, ishchilarni ommaviy tartibsizlikda ishtirok etishga majbur qilgan;

M. Pirlepesov 2022 yil 2 iyul kuni Qonliko‘l tumanida “Kanteks” korxonasi faoliyatini to‘xtatib, ishchilarni ommaviy tartibsizlikda ishtirok etishga majbur qilgan;

A. Sariyev 2022 yil 2 iyul kuni Nukus tumanida odamlarni to‘plab, ommaviy tartibsizlikka jalb qilib, ularga yetakchilik qilgan;

N. Bauyetdinov 2022 yil 2 iyul kuni Qonliko‘l tumanida odamlarni to‘plab, ommaviy tartibsizlikda yetakchilik qilgan;

A. Sharapov 2022 yil 1-2 iyul kunlari Qorao‘zak tumanidan odamlarni ommaviy tartibsizliklarga jalb qilib, ularda faol ishtirok etgan;

O. Mamutov 2022 yil 2 iyul kuni Shumanay tumanida ommaviy tartibsizliklarda yetakchilik qilgan;

R. Dosimbetov 2022 yil 2 iyul kuni Nukus shahridagi “Naupir” mahallasida ommaviy tartibsizlikni bartaraf etish uchun jalb qilingan huquqni muhofaza qilish organlari xodimlariga hujum qilib, ularga tan jarohatlari yetkazgan;

A. Allanazarov 2022 yil 2 iyul kuni Nukus shahridagi “Aqjag‘is” MFY hududida ommaviy tartibsizlikni bartaraf etish uchun jalb qilingan huquqni muhofaza qilish organlari xodimlariga hujum qilib, ularga tan jarohatlari yetkazib, ulardan “PM” rusumli pistoletini tortib olgan;

N. Duysenbayev 2022 yil 2 iyul kuni Nukus shahridagi “Aqjag‘is” MFY hududida ommaviy tartibsizlikni bartaraf etish uchun jalb qilingan huquqni muhofaza qilish organlari xodimlariga hujum qilib, ularga tan jarohatlari yetkazib, ulardan “PM” rusumli pistoletini tortib olgan;

K. Bekpolatov 2022 yil 2 iyul kuni Nukus shahridagi “Naupir” mahallasida ommaviy tartibsizlikni bartaraf etish uchun jalb qilingan huquqni muhofaza qilish organlari xodimlariga hujum qilib, ularga tan jarohatlari yetkazgan;

R. Baimbetov 2022 yil 2 iyul kuni Nukus shahridagi “Naupir” mahallasida ommaviy tartibsizlikni bartaraf etish uchun jalb qilingan huquqni muhofaza qilish organlari xodimlariga hujum qilib, ularga tan jarohatlari yetkazgan;

Q. Baxiyev 2022 yil 2 iyul kuni Nukus shahridagi “Naupir” mahallasida ommaviy tartibsizlikni bartaraf etish uchun jalb qilingan huquqni muhofaza qilish organlari xodimlariga hujum qilib, ularga tan jarohatlari yetkazgan;

I. Saparov 2022 yil 2 iyul kuni Nukus shahridagi “Naupir” mahallasida ommaviy tartibsizlikni bartaraf etish uchun jalb qilingan huquqni muhofaza qilish organlari xodimlariga hujum qilib, ularga tan jarohatlari yetkazgan;

A. Omirzakov Nukus shahrining 21-kichik tumani Beruniy ko‘chasida jamoat tartibini saqlayotgan ichki ishlar organi xodimlariga tan-jarohati yetkazib, birining cho‘ntagida bo‘lgan “SAMSUNG GALAXY A1” rusumli mobil telefon apparatini tortib olgan;

N. Baylepesov 2022 yil 2 iyul kuni Nukus shahridagi “Aqjag‘is” MFY hududida ommaviy tartibsizlikni bartaraf etish uchun jalb qilingan huquqni muhofaza qilish organlari xodimlariga hujum qilib, ularga tan jarohatlari yetkazib, ulardan “PM” rusumli pistoletini tortib olgan;

A. Jumabekov 2022 yil 2 iyul kuni Nukus shahridagi “Aqjag‘is” MFY hududida ommaviy tartibsizlikni bartaraf etish uchun jalb qilingan huquqni muhofaza qilish organlari xodimlariga hujum qilib, ularga tan jarohatlari yetkazib, ulardan “PM” rusumli pistoletini tortib olgan;

N. Xabipov 2022 yil 2 iyul kuni Nukus shahridagi “Naupir” mahallasida ommaviy tartibsizlikni bartaraf etish uchun jalb qilingan huquqni muhofaza qilish organlari xodimlariga hujum qilib, ularga jarohatlari yetkazgan;

Z. Pirjanov 2022 yil 2 iyul kuni Nukus shahridagi “Naupir” mahallasida ommaviy tartibsizlikni bartaraf etish uchun jalb qilingan huquqni muhofaza qilish organlari xodimlariga hujum qilib, ularga jarohatlari yetkazgan;

Z. Tadjimuratov 2022 yil 1 iyul kuni ommaviy tartibsizliklarda faol ishtirok etib, D. Tajimuratovni huquqni muhofaza qilish organlari xodimlaridan himoya qilib, ularga tan jarohatlari yetkazgan;

O. Dosnazarov 2022 yil 27 iyun kuni Nukus shahridagi “Toshkent” mehmonxonasida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga kiritilishi ko‘zda tutilayotgan o‘zgartirishlarni bo‘yicha e’tirozlari yuzasidan advokatlar yig‘ilishini o‘tkazgan hamda D. Tajimuratov 2022 yil 1 iyul kuni ushlangan vaqtida ommaviy tartibsizlik ishtirokchilarini 2-sonli tergov hibsxonasiga to‘plab, D. Tajimuratovni qo‘yib yuborilishini talab qilishga yetakchilik qilgan;

T. Ismailov 2022 yil 2 iyul kuni ommaviy tartibsizliklarda odamlarni Jo‘qorg‘i Kenges va Nukus xalqaro aeroportini bosib olishga da’vat qilib, tartibsizliklarda faol ishtirok etgan;

I. Polatov uning yordamchisi sifatida faoliyat ko‘rsatib kelib, 2022 yil 1-2 iyul kunlari ommaviy tartibsizliklarni tashkillashtirishda faol ishtirok etib, separatizm g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan videomateriallarni joylashtirib kelgan;

Sh. Ashirbekov “Tajimuratov Dauletmurat” YouTube-kanaliga ma’murlik qilib, separatizm g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan videomateriallarni joylashtirib kelgan hamda ommaviy tartibsizliklarni tashkillashtirishda faol ishtirok etgan;

D. Ramanov D. Tajimuratovga yordamchi sifatida faoliyat ko‘rsatib kelib, ommaviy tartibsizliklarni tashkillashtirishda faol yordam bergan va separatizm g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan videomateriallarni tarqatgan;

R. Sultaniyazov 2022 yil 1-2 iyul kunlari odamlarni ommaviy tartibsizliklarga jalb qilib, faol ishtirok etgan;

A. Xojanazarov “Yel xizmetinde” gazetasi bosh muharriri bo‘lib, separatizm g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan maqolalar chop etgan hamda D. Tajimuratovning topshirig‘iga asosan fuqarolardan konstitutsiyaga kiritilishi ko‘zda tutilayotgan o‘zgartirishlar bo‘yicha takliflarni yig‘ib, axborot berib borgan hamda ommaviy tartibsizliklarni tashkillashtirishda faol ishtirok etgan;

Ye. Qanaatov separatizm g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan maqolalarni tayyorlab, ularni chop etgan, shuningdek, ommaviy tartibsizliklarni tashkillashtirishda faol ishtirok etgan;

O. Kurbanov ommaviy tartibsizliklarga da’vat qiluvchi videomateriallarni joylashtirib, 2022 yil 1-2 iyul kunlari ommaviy tartibsizliklarda faol ishtirok etgan;

R. Jumabayev 2022 yil 2 iyul kuni Nukus shahrida ommaviy tartibsizliklarni bartaraf etish uchun safarbar qilingan huquqni muhofaza qilish organlari avtomashinalarini harakatlanishiga to‘sqinlik qilish maqsadida avtoshina yoqib, yo‘llarni to‘sgan;

A. Naurizbayev 2022 yil 2 iyul kuni Nukus shahridagi Beruniy va A. Dosnazarov ko‘chalari chorrahasida ommaviy tartibsizliklarni bartaraf etish uchun safarbar qilingan huquqni muhofaza qilish organlari avtomashinalarini harakatlanishiga to‘sqinlik qilish maqsadida avtoshina yoqib, yo‘llarni to‘sgan;

N. Genjebayev 2022 yil 2 iyul kuni Qonliko‘l tumanida ommaviy tartibsizliklarda faol ishtirok etib, avtoshina yoqib, tuman hokimligi binosiga uloqtirgan;

I. Aitmuratov 2022 yil 2 iyul kuni ommaviy tartibsizliklarda To‘rtko‘l guzari ko‘prigida “molotov kokteyli”dan foydalanib, huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari faoliyatiga qarshilik qilgan;

A. Yesemuratov 2022 yil 2 iyul kuni ommaviy tartibsizliklar paytida Nukus shahar obodonlashtirish boshqarmasiga tegishli suv tashish texnikasini o‘zboshimchalik bilan u yerdagi Milliy gvardiya xodimlari tomonga boshqarib, postni buzib o‘tishga harakat qilgan;

K. Begaliyev 2022 yil 2 iyul kuni ommaviy tartibsizliklar paytida Nukus shahar obodonlashtirish boshqarmasiga tegishli suv tashish texnikasini o‘zboshimchalik bilan u yerdagi Milliy gvardiya xodimlari tomonga boshqarib, postni buzib o‘tishga harakat qilgan;

M. Raxmanov 2022 yil 1 iyul kuni D. Tajimuratov huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari tomonidan ushlangan vaqtida uyiga odamlarni to‘plab, sektor rahbarlaridan uni qo‘yib yuborishlarini talab qilgan hamda ommaviy tartibsizliklarni tashkillashtirishda faol ishtirok etgan;

A. Seytmuratov 2022 yil 1 iyul kuni ommaviy tartibsizliklarda faol ishtirok etib, D. Tajimuratovni qo‘llab-quvvatlab, Jo‘qorg‘i Kenges raisi avtomashinasi ustida agressiv harakatlar sodir etgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Nukus voqealari ishtirokchisi Shamshetov hibsda yurak xurujidan vafot etgani haqida xabar bergan edik.
 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing