382 mln so‘mlik kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini Toshkentga olib o‘tmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi.

Jamiyat

image

Samarqandlik 32 yoshli fuqaro kuchli ta’sirga ega dorilarni noqonuniy ravishda olib o‘tishga harakat qilgan. Bu haqida Toshkent viloyati IIBB Axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Toshkent viloyati IIBB hamda Yangiyo‘l tuman IIB tezkor xodimlari tomonidan Samarqand viloyatida yashovchi I.X. Cobalt avtomashinasida “Samarqand-Toshkent” yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanib kelayotgan vaqtda to‘xtatilgan. Avtomobil saloni ko‘zdan kechirilganda, paketlarga o‘ralgan, birlamchi narxi 382 million so‘mga teng, jami 3 ming 820 dona “Selofen” dori vositalari borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.

Gumonlanuvchi shaxs bilan o‘tkazilgan tezkor surishtiruvlar davomida, u ushbu dori vositalarini tanishi, Samarqand viloyatida yashovchi 27 yoshli M.X. dan sotib olganligini ma’lum qilgan. Tadbir davomida M.X. ham qo‘lga olingan.

Holat yuzasidan Yangiyo‘l tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 251-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Dinara Yusupova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

62

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing