38 yosh yengilmas bokschi jangdan keyin vafot etdi

Sport

image

Asli kelib chiqishi turk millatiga mansub bo‘lgan, germaniyalik yengilmas bokschi Musa Yamak 38 yoshida vafot etdi. Bu haqda “Bild” nashri xabar berdi.

Sportchi ugandalik raqibi Hamza Vandera bilan jangning uchinchi raundi boshlanishi oldidan ringga chiqib, hushini yo‘qotgan. Bokschi zudlik bilan shifoxonaga yotqizilgan, ammo shifokorlar uning hayotini saqlab qola olishmagan. Shifokorlar tomonidan o‘limning sababi sifatida yurak xuruji ko‘rsatilgan.

Manbaga ko‘ra, muxlislar stadionga kirish eshigi oldida tez tibbiy yordam jamoasining erkin harakat qilishiga xalaqit bergan. Bu sportchining o‘limiga sabab bo‘lganmi yoki yo‘q, bunisi noma’lum. Myunxen politsiyasi vakillarining so‘zlariga ko‘ra, tez yordam brigadasining xavfsiz ishlashini ta’minlash uchun ular jang maydoniga bir nechta qism politsiyachilarni jo‘natishiga to‘g‘ri kelgan.

Ma’lumot o‘rnida, Yamak 2017 yildan buyon professional ringga chiqib keladi. Musa shu vaqt ichida sakkizta jang o‘tkazib, ularning barchasida g‘alaba qozongan.

 

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

74

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing