314-saylov uchastkasidagi saylov haqiqiy emas deb topildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi “142-Qoraqamish” saylov okrugi hududidagi “314-saylov uchastkasi”da o‘tkazilgan ovoz berish natijalari haqiqiy emas deb topilganini ma’lum qildi. 

Joriy yilning 22 dekabr kuni Toshkent shahri Olmazor tumani “314-saylov uchastkasi”da saylovchilar tomonidan bir necha saylov byulletenini saylov qutisiga tashlashga harakat qilish holati tasvirga olingan videolavha” ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan edi. Markaziy saylov komissiyasi tomonidan Olmazor tumanidagi “314-saylov uchastkasi” O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi saylovini o‘tkazuvchi “142-Qoraqamish” saylov okrugi tarkibiga kirishi aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan zudlik bilan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi saylovini o‘tkazuvchi “142-Qoraqamish” okrug saylov komissiyasi tomonidan o‘rganish o‘tkazilib, natijasiga ko‘ra hujjatlar Olmazor tuman prokuraturasiga yuborilgan.

Shuningdek, “142-Qoraqamish” saylov okrugi hududidagi “314-saylov uchastkasi”da o‘tkazilgan ovoz berish natijalari haqiqiy emas deb topilgan hamda saylov okrugi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati saylovining natijalarini chiqarishda mazkur saylov uchastkasi natijalari chiqarib tashlangan holda boshqa saylov uchastkalari bo‘yicha natijalar umumlashtirilgan.
 


Maqola muallifi

Teglar

Saylov natijalari

Baholaganlar

179

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar