31 yashar o‘zbekistonlik Rossiyada pichoqlanib vafot etdi

Olam

image

Rossiyadva 31 yashar o‘zbekistonlik erkak pichoqlanishi oqibatida vafot etdi. Bu haqda “78.ru” xabar berdi. 

Qayd etilishicha, ikki kishi Shlisselburg shahar shifoxonasining tez yordam bo‘limiga marhum do‘stini olib kelgan. Ular shifoxonada janjal chiqargan. 

Vafot etgan shaxs 31 yoshli O‘zbekiston fuqarosi bo‘lib, bel sohasidan pichoq bilan jarohat olgan.  Politsiya qotillikda gumon qilib, shifoxona binosida mushtlashgan ikki kishidan biri – 28 yoshli yigitni qo‘lga oldi. U Morozova nomli qishloqda marhum bilan birga spirtli ichimlik iste’mol qilgani va unga pichoq sanchganini tan olgan.

Hozirda hodisaning barcha holatlari o‘rganilmoqda. Jinoyat ishini qo‘zg‘atish masalasi hal qilinmoqda. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

570

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing