31 dekabrda Toshkent metropolitenining ish vaqti bir soatga uzaytiriladi

Jamiyat

image

Yangi yil bayrami kunlari Toshkent metropoliteni poyezdlar qatnovi hamda metro ishlash vaqtini uzaytirganini ma’lum qildi. Bu haqda metropoliten matbuot xizmati xabar berdi.

“31 dekabr shanba dam olish kuni metropoliten doimiy jadval asosida ish faoliyatini olib boradi. Ish vaqtining tugashi esa 1 soatga uzaytiriladi, ya’ni barcha metro bekatlari 31 dekabr soat 05:00 dan 1 yanvar soat 01:00 gacha yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatadi”, deyiladi xabarda.

Shuningdek, 2023 yil 1,2,3 yanvar kunlari metro poyezdlari yakshanba kuni uchun tasdiqlangan jadval asosida soat 05:00 dan 00:00 gacha harakatlanadi.

Avvalroq “Toshshahartransxizmat” 31 dekabr kuni Toshkentda avtobuslar soat 00:00 gacha harakatlanishini ma’lum qilgandi. Avtobuslar 2 yanvar kuni yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadval asosida, 3 yanvar kuni esa shanba kunlari uchun tasdiqlangan jadval asosida harakatlanadi.

Sohiba Komilovna


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

57

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing