31 dekabr kuni avtobuslar 00:00 gacha harakatlanishi aytildi

Jamiyat

image

Joriy yilning 31 dekabr kuni Toshkent shahrining markaziy qismlari orqali harakatlanuvchi barcha avtobus yo‘nalishlarining harakati soat 00:00 gacha uzluksiz ravishda tashkil etiladi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” aksiyadorlik jamiyati xabar berdi. 

Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 23 dekabrdagi “2023 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi PF-270-son farmoniga binoan, Toshkent shahrida Yangi yil bayram tantanalarini nishonlash kunlarida jamoat transporti faoliyati quyidagi tartibda tashkil etilmoqda:

•    2023 yil 2 yanvar, dushanba – dam olish kuni. Yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadval asosida; 

•    2023 yil 3 yanvar, seshanba – 7 yanvar shanba kunidan ko‘chirilgan qo‘shimcha dam olish kuni. Shanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida;

•    2023 yil 7 yanvar, shanba – 3 yanvar seshanba kuniga ko‘chirilgan ish kuni. Ish kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida. 

“2022 yil 31 dekabr kuni Yangi yil bayram tantanalari nishonlanishi munosabati bilan, aholiga ko‘rsatilayotgan transport xizmatlari sifatini oshirish va yo‘lovchilar tashish uzluksizligini ta’minlash maqsadida, Toshkent shahrining markaziy qismlari orqali harakatlanuvchi barcha avtobus yo‘nalishlarining harakati soat 00:00 gacha uzluksiz ravishda tashkil etiladi”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

21

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing