30 yoshli braziliyalik taniqli qo‘shiqchining sahnada joni uzildi (video)
Madaniyat-san’at
−
15 dekabr 2023
24311Braziliya shtatlaridan birida konsertda, 30 yoshli braziliyalik qo‘shiqchi Pedro Enrike to‘satdan sahnada vafot etdi. Bu haqda TRT haber xabar qildi.
San’atkor portugalcha “Juda go‘zal” mazmunidagi "Vai Ser Tao Lindo" qo‘shig‘ini ijro etayotgan paytida birdan oyoqlari bo‘shashib, muvozanatni saqlay olmay qolgan.
Pedro sahnaga yiqilganidan so‘ng, muxlislari unga yordamga shoshilishgan va qo‘shiqchi darhol shifoxonaga yotqizilgan. Afsuski, shifokorlar uning yurak xurujidan vafot etganini ma’lum qilgan.
Ma’lumot uchun, Pedro uch yoshida musiqa chalishni boshlagan va 2015 yildan buyon professional tarzda qo‘shiq ijro etib keladi. Enrike mahalliy guruh bilan bitta albom chiqargan va 2019 yilda u o‘zining birinchi mualliflik qo‘shig‘i Nunsa Falhouni taqdim etgan. Yaqin kunlarda musiqachining You Tube'da yangi loyihasining premerasi bo‘lishi kerak edi.
LiveBarchasi