30 yoshda miya qarishi. Buning oldini olish mumkinmi?

Salomatlik

image

Odam asab tizimining asosiy organi — miya qarishga moyil va ba’zi hollarda bu juda erta sodir bo‘lishi mumkin. Amaliyotda xotira bilan bog‘liq muammolar o‘ttiz yoshga kelib paydo bo‘lishi mumkin. Bu haqda psixofiziolog Vyacheslav Lebedev ma’lumot berdi. 

“Shunday bo‘ladiki, odamlar ma’lumotni yomonroq eslay boshlaydi va xotiradan shikoyat qiladi. Bunday muammolar qarilikda emas, balki yoshlikda ham paydo bo‘lishi mumkin. Masalan, o‘ttiz yoshgacha bo‘lgan kishi bir qator vazifalarni bajaradi, ish bo‘yicha ko‘p sonli xatlarga javob beradi va bir muncha vaqt o‘tgach, unga bularni qilish qiyin bo‘lib qoladi. Bu kognitiv buzilish deb ataladi”, degan shifokor. 

Mutaxassisga ko‘ra, yoshlikda va o‘rta yoshda bunday kasalliklarning rivojlanishini sekinlashtirish juda oson. Uning so‘zlariga ko‘ra, sog‘lom turmush tarzi bunga yordam beradi. 

“Uyqu, ovqatlanish va jismoniy faollik — bular zarur uchta elementlar. Agar ulardan biri bo‘lmasa, biz yomon ovqatlansak yoki tartibsiz uxlasak yoki kam harakat qilsak, qolganlari yaxshi ishlamaydi. Bular bizning kognitiv salomatligimizni saqlaydigan uchta ustun”, deb tushuntirgan Vyacheslav Lebedev. 

Ekspertning xulosasiga ko‘ra, agar sog‘lom turmush tarzi orqali miya faoliyatini tiklashning iloji bo‘lmasa, shifokorga murojaat qilish kerak.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

283

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing