Oltiariqda 30 ming “ko‘ki”ni talab qilgan kadastr xodimi qo‘lga olindi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Departamentning Farg‘ona viloyat boshqarmasi, DXX viloyat boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda firibgarlik bilan shug‘ullanayotgan "Yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri" davlat korxonasi Oltiariq tuman filiali mutaxassisi E.M. qo‘lga olindi.

Ma’lum bo‘lishicha, E.M. va boshqalar oldindan til biriktirib, fuqarolar O.N. va F.T.larning ishonchiga kirib, "M" fermer xo‘jaligiga tegishli takroriy ekindan bo‘shagan 5 gektar yer maydonini fuqaro O.N.ning nomiga bog‘dorchilik yo‘nalishi uchun ajratib berish va tuman hokimining qarorini chiqartirib berish evaziga 30 ming AQSH dollari talab qilib, shundan, 22 ming AQSH dollari va 28,5 million so‘m pullarni firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan "Yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri" davlat korxonasi Oltiariq tumani filiali 2-toifali mutaxassisi E.M. va boshqalarga nisbatan JKning 168 va 28,211-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Bosh prokuratura Departament oltiariqlik kadastr xodimi

Baholaganlar

109

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar