30 aprel kuni ham banklar ishlashi belgilandi

Jamiyat

image

Ertaga, 30 aprel kuni bank tizimi, moliya va soliq idoralari odatdagi rejimda xizmat ko‘rsatadi. Bu haqda O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov tomonidan imzolangan farmoyishda belgilangan.

Qayd etilishicha, mazkur qaror davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg‘armalariga to‘lovlar hamda pensiya va nafakalar bo‘yicha xisob-kitoblarni muvaffaqiyatli amalga oshirish, shuningdek, iqtisodiyotda to‘lovlar uzluksizligini ta’minlash maksadida imzolangan.

“O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg‘armalariga to‘lovlar hamda pensiya va nafakalar bo‘yicha xisob-kitoblarni muvaffaqiyatli amalga oshirish, shuningdek, iqtisodiyotda to‘lovlar uzluksizligini ta’minlash maqsadida bank tizimi, moliya hamda soliq idoralarining ayrim xodimlarini 2022 yil 30 aprel – shanba kuni qonunchilikda belgilangan tartibda ishga jalb qilishga ruxsat etilsin”, deyiladi farmoyishda.

Ma’lumot uchun, odatda bank tizimi, moliya hamda solik idoralari haftada besh kun faoliyat yuritadi.

Eslatib o‘tamiz, Ramazon hayiti munosabati bilan o‘zbekistonliklar 5 kun dam olishi belgilangan. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

169

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing