3 yil ichida noyob mineral bo‘yicha 76 loyiha amalga oshiriladi

Jamiyat

image

Kelgusi uch yilda 28 ta noyob mineral bo‘yicha 2,6 mlrd dollarlik 76 ta loyihani amalga oshirish mo‘ljallanmoqda. Bu haqda bugun, 7 mart kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligida o‘tkazilgan sanoat uchun muhim minerallar xomashyo bazasini kengaytirish va qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha taqdimot bilan tanishish chog‘ida so‘z bordi.

Ma’lum qilinishicha, ushbu maqsadlarga erishish uchun xomashyo bazasini kengaytirish maqsadida geologiya-qidiruv va ilmiy-tadqiqot ishlariga qo‘shimcha mablag‘ ajratish ko‘zda tutilmoqda.
Taqdimotda aytilishicha, so‘nggi yillarda tashkiliy asos yaratilib, yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar olish bo‘yicha ishlar boshlangan. Taqdimotda tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri bu yo‘nalishdagi imkoniyatlar haqida axborot bergan.

Buning uchun xomashyo bazasini kengaytirish maqsadida geologiya-qidiruv va ilmiy-tadqiqot ishlariga qo‘shimcha mablag‘ ajratish ko‘zda tutilmoqda.

“Eng asosiy vazifa – zamonaviy texnologiyalarni qo‘llab, qimmat xomashyoni rudadan ajratib olish, sofligini oshirish va yuqori qiymatli mahsulotlar yaratish ekani ko‘rsatib o‘tildi”, deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, “Ingichka” konidagi volfram konsentrati boyitilsa, qo‘shilgan qiymat 2 karra oshadi. Hozircha shu kabi 18 ta loyiha ishlab chiqilgan.

Sohada “xomashyo – qayta ishlash – ilm va texnologiya – tayyor mahsulot” zanjirini kengaytirish maqsadida molibden va volframga boy Toshkent va Samarqand viloyatlarida texnoparklar tashkil qilish taklifi bildirilgan.

Davlat rahbari bu borada sanoat tajribalari va texnologiya transferini amalga oshirish, zamonaviy laboratoriya va o‘quv markazlari ochish bo‘yicha topshiriqlar bergan. Umuman, “to‘rtinchi sanoat inqilobi” davrida munosib o‘ringa ega bo‘lish uchun mustahkam zamin yaratish zarurligi ta’kidlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev tog'-kon sanoati

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing