3 yoshli ukasini qasddan o‘ldirgan opaga sud hukmi o‘qildi

Jamiyat

image

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Taxiatosh tumanida 3 yoshli o‘gay ukasini bo‘ynidan bo‘g‘ib o‘ldirgan 10-sinf o‘quvchisiga sud hukmi o‘qildi.

Aniqlanishicha, 2020 yil 22 yanvar kuni soat 18:40 larda, uyida onasi va ugay otasi yo‘q paytida V.A.ning oldiga 2016 yilda tug‘ilgan o‘gay ukasi S.A keladi va birga o‘yin o‘ynashni so‘raydi. Ko‘pdan buyon alamini ichiga yutib yurgan o‘smir qiz o‘gay ukani avval qo‘llari bilan uradi, buynini qo‘llari va shu yerda yotgan oq rangli metall sim bo‘lagi bilan bug‘a boshlaydi. 

Sim qo‘lida turmaganligi sababli buynidan ayollar rumoli bilan bug‘adi. 3 yoshdagi bolakay bu harakatlarga faol qarshilik ko‘rsata olmasdi va u hushini yo‘qotib chala jon bo‘lib qoladi. Qiz ukasining o‘lganiga ishonch hosil qilish maqsadida uning nafas olish yo‘llariga havo keltirmaslik uchun yuzini 15 minutgacha yostiq bilan bosib turib, o‘ta shafqatsizlik bilan qasddan o‘ldiradi.

Avvaliga qiz ukasining o‘limi qanday sodir bo‘lganini yashirgan. Faqatgina sud-tibbiy ekspertizasi orqali keltirilgan dalillardan keyingina qiz tan olgan.

Voyaga yetmagan V.A.ga O‘zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining 85-moddasi 2-qismining “v” bandiga asosan 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Ahrorbek Hayrullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

1456

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing