3 soat ichida qancha kishi saylovda ovoz berib bo‘ldi?

Jamiyat

image

O‘zbekistonda 6,4 million kishi prezidentlik saylovida ovoz berib bo‘ldi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi ma’lum qildi.

Soat 11:00 holatiga ko‘ra, 6 million 463 ming 874 nafar kishi, ya’ni saylovchilarning 33,54 foizi ovoz berdi. Saylov kodeksiga ko‘ra, saylovchilar ro‘yxatiga kiritilgan fuqarolarning 33 foizi ovoz berishda ishtirok etgan bo‘lsa, saylov o‘tgan hisoblanadi.

Eng ko‘p ovoz berish Andijon viloyatida qayd etilgan bo‘lib, 663 ming 290 nafar yoki 39,37 foiz aholi ovoz berib bo‘lgan.

Hozirgacha eng past ko‘rsatkich Toshkent shahrida kuzatilgan.

Respublika bo‘ylab jami 19 million 414 ming 914 nafar saylovchi ro‘yxatga olingan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing