3 oyda eng ko‘p to‘y qaysi hududda o‘tkazilgani ma’lum bo‘ldi

Jamiyat

−

image

So‘nggi uch oyda eng ko‘p nikoh holatlari Samarqand viloyatida qayd etilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi. 

Statqo‘mga ko‘ra, 2022 yilning yanvar-mart oylarida respublika bo‘yicha 57 873 ta nikoh holatlari qayd etilgan. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2015 taga kam.

Hududlar kesimida qayd etilgan nikohlar soni:

•  Qoraqalpog‘iston – 4149 ta;

•  Andijon viloyati – 4521 ta;

•  Buxoro viloyati – 3694 ta;

•  Jizzax viloyati – 2095 ta;

•  Qashqadaryo viloyati – 6213 ta;

•  Navoiy viloyati – 1314 ta;

•  Namangan viloyati – 3611 ta;

•  Samarqand viloyati – 6341 ta;

•  Surxondaryo viloyati – 5136 ta;

•  Sirdaryo viloyati – 1339 ta;

•  Toshkent viloyati – 4572 ta;

•  Farg‘ona viloyati – 5341 ta;

•  Xorazm viloyati – 5241 ta;

•  Toshkent shahri – 4306 ta.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

271

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing