3 mln xotin-qizlar onkologik skriningdan o‘tkaziladi
Jamiyat
−
01 mart 2022
4501Endi tug‘ish yoshidagi, homilador hamda bola parvarishidagi ayollarni dori va vitaminlar bilan bepul ta’minlash ko‘lami kengaytirilib, mablag‘lar hajmi 30 milliard so‘mdan 100 milliard so‘mgacha oshiriladi. Bu haqda bugun, 1 mart kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi.
Ta’kidlanishicha, 2022 yilda qo‘shimcha 6 ming nafar ayollarga yuqori texnologik tibbiy yordam ko‘rsatiladi (2021 yilga nisbatan 5 baravar ko‘p). Bunga 100 milliard so‘m yo‘naltiriladi;
Respublika bo‘yicha 10 mingdan ziyod nogironligi bo‘lgan xotin-qizlar reabilitatsiya vositalari bilan ta’minlanadi. 3 million nafar xotin-qiz onkologik skriningdan o‘tkaziladi, buning uchun byudjetdan 40 milliard so‘m mablag‘ ajratiladi.
Shuningdek, 2022-2025 yillarda 227 ta tug‘ruq kompleksi hamda 46 ta tumanlararo perinatal markazlari to‘liq ta’mirlanadi va jihozlanadi. 9-12 yoshdagi o‘smir qizlarni odam papillomasi virusiga qarshi emlash va boshqa 12 turdagi vaksinalar uchun 200 milliard so‘m ajratiladi.
Tug‘ish yoshidagi, homilador va bola parvarishidagi ayollarni dori va vitaminlar bilan bepul ta’minlash ko‘lami kengaytirilib, mablag‘lar hajmi 30 milliard so‘mdan 100 milliard so‘mgacha oshiriladi.
LiveBarchasi