3 kishini chuv tushirgan shaxs qo‘lga olindi
Jamiyat
−
06 yanvar 2023
5338Jizzaxda bir dona telefonni bir necha marotaba sotmoqchi bo‘lgan shaxsning qilmishi fosh etildi. Bu haqda Kiberxavfsizlik markazi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida istiqomat qiluvchi N.M.ga ijtimoiy tarmoqda “444” nomli foydalanuvchi bir dona “IPhone 8+” telefonini sotmoqchi bo‘lib, o‘zining bank kartasiga 1 750 000 so‘m miqdorida pul o‘tkazishni so‘ragan. Pullar o‘tkazilgandan so‘ng u sirli tarzda g‘oyib bo‘lgan.
Shuningdek, ushbu tumanda yashovchi 2 nafar fuqaroga ham “444” nomli foydalanuvchi o‘sha telefonni sotishini aytgan. Ularning 1 800 000 so‘m va 1 860 000 so‘m miqdoridagi pulini o‘zlashtirib, g‘oyib bo‘lgan.
Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida fuqarolarning pullarini talon-toroj qilgan shaxs Surxondaryo viloyati Angor tumanida yashovchi R.D. ekanligi aniqlangan.
R.D. fuqarolardan firibgarlik yo‘li bilan pullarni olib, onlayn qimor o‘yinlariga sarflab yuborganligi ma’lum bo‘ldi.
Makur holat yuzasidan R.D.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilgan.
Ozoda Choriyeva
LiveBarchasi