28 yashar ayolning o‘ligi hammomdan topildi

3-sahifa

image

Qashqadaryo viloyatining Kasbi tumanida 28 yashar ayol jinoyat izlari bilan o‘zi yashayotgan xonadonning hammomidan o‘lik holda topildi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati Hayot Shamsutdinov xabar berdi. 

Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilgan. 

Tekshirish davomida ayolni sobiq turmush o‘rtog‘i qasddan o‘ldirgani aniqlangan.

Ushbu holat bo‘yicha 17 dekabr kuni Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi (Qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

500

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing