260 mlnlik “XON SAROY MUSIC” loyihasi nimalarga erishdi?

Biznes

“XON SAROY” qurilish kompaniyasi tomonidan 2022 yilning sentyabr oyida start berilgan “XON SAROY MUSIC” mega loyihasi kastingining 1-bosqichi yakunlandi.

Unda Respublikamizdagi barcha viloyat va shaharlardan, shuningdek,  Qoraqalpog‘iston Respublikasidan qo‘shiq kuylashga ishtiyoqi bor, yulduz bo‘lishni o‘ziga maqsad qilgan asl is’tedod sohiblari tanlab olindi. 

«XON SAROY MUSIC» loyixasi atigi  bir oy mobaynida 259 925 908 ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan kuzatib borildi.

1-bosqich ishtirok etish istagini bildirgan jonli ijroda kuylovchi ishtirokchilarni o‘z viloyatlaridan chiqmagan holda saralashdan iborat. Bir oy davomida – 17 oktyabrdan 17 noyabrgacha O‘zbekiston Respublikasining barcha viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasiga safar uyushtirildi. 

1-bosqichning hisobot statistikasiga ko‘ra, umumiy ishtirok etganlar soni 2000 ga yaqin ishtirokchini qamrab oldi.

2-bosqichda saralashdan 50 nafar jonli ijroda kuylovchi ishtirokchiga yo‘llanma beriladi va bu bosqichning tasvirga olish ishlari 2023-yil yanvarm oyi so‘ngida o‘z ishini boshlaydi, deb reja qilinmoqda.

3-bosqichda ham saralash avvalgi bosqichlarda bo‘lganidek shartlar takrorlanadi va 20 nafar jonli ijroda kuylovchi ishtirokchilar orasidan kuchli 10 talik tanlanadi. Tasvirga olish ishlari 2023 yilning mart oyida o‘tkazilishi kutilmoqda.


4-bosqich. Loyihaning bu bosqichida jonli ijroda kuylaydigan ishtirokchilardan hech kim loyihani tark etmaydi. Tasvirga olish ishlari 2023 yilning aprel oyida boshlanadi.

4-bosqichning kulminatsion nuqtasi 10 nafar bloger o‘zi tanlagan 10 nafar ishtirokchi bilan birgalikda bir jamoa bo‘lib g‘oliblik uchun raqobat boshlaydi. Ya’ni o‘zaro kuch sinashadilar. 

10 nafar iste’dod egalari bilan loyihaning maxsus mexanizmi asosida tinimsiz mahorat darslari, musiqiy ta’lim, vokal darslari, nutq ustida ishlash, sozandalar bilan ishlash va eng asosiysi loyiha tomonidan taqdim qilingan shartlari orqali ishlanadi. Maqsad esa bitta – yangi yulduzlarni shou-biznes hayotiga tayyorlash va chiniqtirish! 


Mukofoti qanday deysizmi?

1-o‘ringa: 

•    bosh homiyga “XON SAROY” qurilish kompaniyasi tomonidan 2 xonali uy; 

•    avtomobil; 

•    pul mukofoti;

•    “XON SAROY MEDIA” kompaniyasi bilan uzoq yillik shartnoma.

2- va 3-o‘rin: 

•    “XON SAROY MEDIA” bilan uzoq yillik shartnoma va pul mukofoti.

Loyiha haftaning  yakshanba kuni efirga uzatiladi. 

Loyiha ishtirokchisining ijodiy bahosi ovoz yig‘ish yo‘li orqali ballar tizimida aniqlanadi. Xalq tomonidan berilgan ushbu ballar loyihaga tegishli bo‘lgan maxsus saytga joylanadi. Ovoz berish jarayonlari yakshanba kuni efir tugashidan to keyingi payshanbagacha bo‘lib o‘tadi.

Ma’lumot uchun: +99899 490 55 88

Instagram’da yangiliklardan boxabar bo‘ling

Telegram kanalimizga a’zo bo‘ling

Reklama huquqi asosida


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

45

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing