25 yoshgacha bo‘lgan dunyoning eng kuchli bokschilari e’lon qilindi
Sport
−
21 Sentabr 2022
5166Amerikalik mashhur sportchi Devin Xeyni 25 yoshgacha bo‘lgan professional bokschilar ichida eng kuchlisi deb topilgan. Bu haqda ESPN nashri yozmoqda.
Qayd etish kerakki, reytingning kuchli uchligidan faqat amerikalik bokschilar joy olgan. Jessi Rodriges ikkinchi pog‘onani band etgan bo‘lsa, Vyorjil Ortis kuchli uchlikka yakun yasab bergan.
Umuman olganda, ESPN reytingidan o‘rin egallagan 10 nafar bokschining naqd 7 nafari AQSH vakili hisoblanadi. Shuningdek, Yaponiya, Kuba va Puerto-Rikodan mos ravishda 1 nafardan vakillar bor.
ESPN talqiniga ko‘ra, 25 yoshgacha bo‘lgan dunyoning eng kuchli bokschilari bilan tanishing:
1. Devin Xeyni (28-0, 15 KO), (61,2 kg vazn toifasi), AQSH;
2. Jessi Rodriges (17-0, 11 KO), (52,2 kg), AQSH;
3. Vyorjil Ortis (19-0, 19 KO), (66,7 kg), AQSH;
4. Junto Nakatani (23-0, 18 KO), (50,8 kg), Yaponiya;
5. Rayan Garsiya (23-0, 19 KO), (63,5 kg), AQSH;
6. Sebastyan Fundora (19-0-1, (13 KO), (69,9 kg), AQSH;
7. Devid Morrell (7-0, 6 KO), ( 76,2 kg), Kuba;
8. Jared Anderson (12-0, 12 KO), (91 kg) AQSH;
9. Ksander Zayas (14-0, 10 KO), (69,9 kg), Puerto-Riko;
10. Brendan Li (26-0, 22 KO), (63,5 kg), AQSH.
LiveBarchasi