24 yoshli yigit o‘z hayotiga o‘zi yakun yasadi

Jamiyat

image

Toshkent viloyatida 24 yoshli fuqaro avtomobilda tezlikni meyoridan oshirib o‘z hayotiga yakun yasadi va yo‘lovchining hayotini xavfga qo‘ydi. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha joriy yilning 21 avgust kuni soat 03:30 da Chirchiq shahar IIB navbatchilik qismiga xabarga kelib tushgan. Xabarga ko‘ra, 1996 yilda tug‘ilgan haydovchi B.O‘. Lasetti rusumli transport vositasini tezligini me’yoridan oshirgan holda haydagan va boz ustiga xavfsizlik kamarini ham taqmagan. 

Tezlik holatida yo‘lning xavfli burilish qismiga yetganda boshqaruvni yo‘qotib yo‘l chetidagi daraxtga urilgan. Natijada, haydovchi 24 yoshli B.O‘. og‘ir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etgan. Ushbu avtomobil yo‘lovchisi 24 yoshli R.Sh. tan jarohatlari olib shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur transport hosidasi yuzasidan Chirchiq shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan dastlabki surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Ahrorbek Hayrullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

624

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing