24 ta tuman va shahar qurilish materiallari ishlab chiqarishga ixtisoslashtiriladi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

O‘zbekistondagi 24 ta tuman (shahar) qurilish materiallari ishlab chiqarishga ixtisoslashtiriladi. Bu haqda “Hududlarning sanoat salohiyatini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident farmonida so‘z boradi.

Farmonga ko‘ra, joriy yil 1 iyuldan tegishli materiallarni ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirayotgan tadbirkorlarga Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi tomonidan quyidagilar taqdim etiladi:

investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida, shu jumladan aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun beriladigan bank kreditlari summasining 50 foizigacha, biroq 15 milliard so‘mdan ko‘p bo‘lmagan miqdorda kafolatlar;

Qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonalariga berilgan kreditlar bo‘yicha foiz xarajatlarini qoplash uchun quyidagicha kompensatsiyalar:

  • milliy valyutadagi kreditlar bo‘yicha — Markaziy bankning asosiy stavkasidan oshadigan, biroq 10 foiz punktidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda;
  • chet el valyutasidagi kreditlar bo‘yicha — tijorat banklari tomonidan belgilangan stavkaning 50 foizi, biroq 4 foiz punktidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda;
  • sinov laboratoriyasi uskunalarini sotib olish va xalqaro sifat menejmenti standartlarini joriy etish xarajatlarini qoplash uchun kompensatsiyalar.

Farmonga ko‘ra, shuningdek:

  • 24 ta tuman (shahar)lar qurilish materiallari ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilib, ularda  “kichik sanoat zonalari” tashkil etiladi;
  • “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi huzurida Qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish bo‘yicha kengash tashkil qilinadi.

Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

51

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing