24 km uzunlikdagi 220 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmog‘i qurilmoqda
Biznes
−
11 noyabr 5010 2 daqiqa
Toshkent shahar va Toshkent viloyatidagi elektr tarmoqlari tizimini modernizatsiya qilish, yangi ob’ektlarni qurish orqali aholi, iqtisodiyot tarmoqlari va tadbirkorlik sub’ektlarini elektr energiyasi bilan barqaror ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 22 avgustdagi tegishli farmoyishiga ko‘ra “Toshkent viloyatida Toshkent IES – “Keles” podstaniyalari oralig‘ida 220 kVli elektr uzatish tarmog‘ini qurish” investitsion loyihasi amalga oshirilmoqda.
(4).jpg)
Farmoyishga asosan Toshkent IES va “Keles” podstansiyasi oralig‘ida 220 kV kuchlanishli uzatish elektr tarmog‘ining to‘rtinchi zanjirini, L-2-K-4 elektr tarmog‘ini qurish belgilangan bo‘lib, ushbu loyihani amalga oshirish orqali Toshkent shahri Olmazor, Yunusobod va Shayxontohur tumanlari hamda Sirdaryo viloyati elektr ta’minoti ishonchliligini oshirish hamda mavjud 220 kVli L-2-K-1, L-2-K-2 va L-2-K-3 elektr tarmoqlarining yuklamalarini kamaytirishga erishiladi.
Hozirgi kunda ushbu elektr uzatish tarmog‘ini qurish bo‘yicha “Sredazenergosetproyekt” AJ tomonidan loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilgan. Qurilish-montaj ishlari bosh pudratchi tashkilot — “Maxsuselektrtarmoqqurilish” AJ tomonidan amalga oshirilmoqda. Ushbu loyiha doirasida loyihalanayotgan elektr tarmog‘ining Toshkent shahri hududidan o‘tuvchi qismida zamonaviy ko‘p qirrali metall tayanchlar o‘rnatirilishi rejalashtirilgan. Bundan tashqari, mazkur elektr tarmog‘ining Toshkent shahridan o‘tuvchi bir qismida 220 kV kuchlanishdagi kabel tarmog‘ini qurish ko‘zda tutilgan.
(4).jpg)
Mazkur loyiha doirasida 330 MVt quvvatni o‘tkaza olish xususiyatiga ega 24 km uzunlikdagi 220 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmog‘i quriladi. Loyihaning qiymati 23,0 mln AQSH dolllari hisobida bo‘lib, moliyalashtirish manbalari esa quyidagicha: 7,5 mln dollar — tijoriy banklar krediti, 15,5 mln dollar — soha mablag‘lari hisobidan.
Ushbu elektr uzatish tarmog‘i Toshkent viloyatining Toshkent hamda Qibray tumani, shuningdek, mamlakat poytaxtining Olmazor tumani hududidan o‘tadi.
Live
Barchasi