22 yoshli o‘zbekistonlik yigit qurilishda halok bo‘ldi
Jamiyat
−
25 iyun 2019
6370Joriy yilning 23 iyun kuni Rossiya Federatsiyasining Uzoq Sharq mintaqasida yuz bergan baxtsiz hodisada o‘zbekistonlik 22 yoshli yigit halok bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.
RFning Primore o‘lkasida qurilish ob’ektidagi baxtsiz hodisa tufayli 1997 yil 23 fevralda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi Ziyodilla Shuhrat o‘g‘li Kunuzoqov qurbon bo‘lgan. Ziyodilla Kunuzoqov ushbu hududda 2018 yil iyun oyidan buyon qonuniy ravishda yashab kelgan va kranchi bo‘lib ishlagan.
Qayd etilishicha, ayni paytda Bosh konsulxona O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligining Moskva shahridagi vakolatxonasi bilan birgalikda marhumning jasadini vatanga olib kelish masalasi bilan shug‘ullanmoqda.
LiveBarchasi