22 yoshli qiz Turkmanistonga mamlakat tarixidagi ilk Olimpiya medalini yutib berdi

Sport

image
0:00
0:00
download

Turkmanistonlik og‘ir atletikachi Polina Gureva Tokio-2020 o‘yinlarida kumush medalni qo‘lga kiritdi. Ushbu mukofot mamlakatning zamonaviy tarixidagi (1990 yildan boshlanadi) birinchi Olimpiya medali bo‘ldi. Bu haqda RIA Novosti yozmoqda.

Qayd etilishicha, 59 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida Guriyeva dast ko‘tarishda 96, siltab ko‘tarishda 121 kilogramm, jami hisobda 217 kilogrammni o‘ziga bo‘ysundirgan.

Qayd etilishicha, ushbu vazn toifasida oltin medalni tayvanlik Kuo Sinchun yutgan. U umumiy hisobda 236 kilogramm og‘irlikni boshi uzra ko‘targan. Uchinchi o‘rinni esa 214 kilogramm bilan Yaponiya vakili Ando Mikiko egallagan.

Ma’lumot o‘rnida, Guriyeva 22 yoshda va ushbu musobaqada ilk bor ishtirok etmoqda. U Turkmanistonning zamonaviy tarixida Olimpiada medalini qo‘lga kiritgan birinchi sportchi bo‘ldi. Shuningdek, Guriyeva 2017 yilda Ozarbayjonning Baku shahrida bo‘lib o‘tgan Islom birdamlik o‘yinlarining chempioni bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

857

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing