22 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bojxona bojidan ozod etiladi

Jamiyat

image

22 ta turdagi iste’mol va oziq-ovqat mahsulotlari bojxona bojlaridan ozod etiladi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 31 may kuni aholini oziq-ovqat, jumladan, chorvachilik va parrandachilik mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash chora-tadbirlari yuzasidan bo‘lib o‘tayotgan videoselektor yig‘ilishida aytib o‘tdi.

Yig‘ilishda Prezident aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlashni qo‘llab-quvvatlash choralari yanada kengaytirilishini ta’kidladi.

Buning uchun, 2023 yil 1 yanvarga qadar:

  • 22 ta turdagi iste’mol va oziq-ovqat mahsulotlari (go‘sht, baliq, sut mahsulotlari, meva, o‘simlik yog‘i) bojxona bojlaridan ozod etiladi;
  • oziq-ovqatni import qilishda bojlarni oshirilgan stavkada qo‘llash to‘xtatib turiladi;
  • davlat xaridlarida oziq-ovqat mahsulotlarini import qilish bo‘yicha cheklovlar vaqtincha bekor qilinadi.

Shuningdek, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining bozordagi narx-navoni asossiz oshirish, raqobatni buzish, bozorga kirishga to‘sqinlik qilish holatlari bo‘yicha vakolatlari kuchaytiriladi.

Viloyat hokimlariga o‘z hududida yetishmaydigan mahsulotlarni import qiluvchi tadbirkorlarga kredit berish, logistika va import qilish bilan bog‘liq barcha jarayonlarda amaliy yordam ko‘rsatish topshirildi.

Yig‘ilishda soha mutasaddilari va hududlar rahbarlari mavjud holat va belgilab berilgan vazifalar ijrosini qanday ta’minlashlari yuzasidan hisobot berdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

252

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing