21 yoshli haydovchi boshqaruvidagi Spark ag‘darilib ketdi
Jamiyat
−
18 yanvar 2021 5919 1 daqiqa
Avtomobilni boshqarayotgan paytda ehtiyotsizlikka yo‘l qo‘yish ko‘ngilsiz hodisalarga olib kelishi mumkin. Mana shunday ehtiyotsizlik oqibatidagi yo‘l-transport hodisasi Namangan viloyatida ro‘y berdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 13 yanvar kuni soat 10:30 larda Namangan viloyati Namangan tumani “Navqiron” MFY hududida 1999 yilda tug‘ilgan haydovchi A.R. Spark rusumli avtomobilni boshqarayotib, harakat xavfsizligini ta’minlay olmasdan boshqaruvni yo‘qotgan va avtomobil yo‘ldan chiqib ketib ag‘darilgan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.

Mazkur YTH yuzasidan Namangan tumani IIB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilib, hodisa sabablariga aniqlik kiritilmoqda.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025