21 yashar yigitni pichoqlab, o‘ldirgan bloger 17 yilga qamaldi

3-sahifa

image

Namanganda 150 ming so‘m evaziga Instagram sahifasidagi obunachilarini ko‘paytirish ortidan ikki bloger o‘rtasida kelib chiqqan kelishmovchilik qotillik bilan tugadi. Bu haqda “Zamon” informatsion dasturi xabar berdi. 

Qayd etilishicha, hodisa Chust tumanida o‘tgan yilning 5 avgustida sodir bo‘lgan. Sudlanuvchi M.Sh. tanishi 21 yoshli R.A.dan o‘zining Instagram’dagi obunachilarini 150 ming so‘m evaziga ko‘paytirib berishni so‘ragan. 

Ma’lum qilinishicha, M.Sh. va R.A. o‘rtasida mazkur pul sabab nizo kelib chiqqan. Kelishmovchilik ortidan M.Sh. R.A. bilan yashash uyi oldida uchrashib, unga qasddan pichoq urgan. Buning oqibatida R.A. olgan tan jarohati sabab shifoxonada vafot etgan.

Mazkur holat bo‘yicha qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi Namangan viloyati Chust tuman sudida ko‘rib chiqildi. Sudlanuvchi M.Sh. O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “i” bandi bilan aybli deb topilib, unga nisbatan 17 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

801

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing