21 fevral tunida nimalar bo‘ldi? Voqea-hodisalarning qisqacha talqini Qalampir.uz dayjestida
Bu qiziq
−
22 fevral 2020
8452Janubiy Koreya. Mamlakatda koronavirusga chalinganlar soni ikki hissaga ortdi. 21 fevral kuni 142 ta virusga chalinish holati qayd etildi va kasallanganlarning umumiy soni 346 nafarga yetdi. Uch kun muqaddam Janubiy Koreyada virusga chalinganlar soni 50 nafarni tashkil etayotgan edi.
P.S: Xitoyda esa koronavirusdan halok bo‘lganlar soni kechagi hisobda 2345 nafarni tashkil etmoqda.
AQSH. Qo‘shma Shtatlar Rossiya bilan chiqishi mumkin bo‘lgan ehtimoliy yadro urushiga qarshi “katta bo‘lmagan” o‘quv mashg‘uloti o‘tkazdi. U o‘z ichiga Rossiyaning Yevropaga yadro zarbasi berganida, unga javoban AQSHning javob zarbasi yo‘llashini oladi.
Eron. Mamlakatda parlament saylovi yakunlandi.21 fevral tongida boshlangan saylovlarda ko‘plab fuqarolar ishtirok etdi. Saylov uchastkalarida navbatlar hosil bo‘ldi. Davlat televideniyesi saylov jarayonlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatib turdi. Saylovlar, umuman olganda, tinch o‘tdi. Huquq-tartibod idoralari va davlat organlari bu haqida rasmiy bayonot ham berishdi.
Ummon. AQSH Davlat kotibi Mayk Pompeo 21 fevral kuni Ummonning yangi yetakchisi Xeysam ben Toriq al Said bilan uchrashdi. Bu haqida Qo‘shma Shtatlar Davlat departamenti xabar qilgan. Pompeo Ummon sultoni Qobus ben Saidning vafoti munosabati bilan o‘z ta’ziyasini izhor etgan va sultonlikning yangi yetakchisini Donald Tramp taklifiga binoan Oq uyga taklif etgan. Tomonlar, shuningdek, Yamandagi vaziyatni ham muhokama etishgan.
Afg‘oniston. Mamlakatda 21 fevraldan 22 fevralga o‘tar kechasi zo‘ravonlikni kamaytirish rejimi kuchga kirdi. Bunga mamlakat hukumati va xalqaro koalitsiyaning “Tolibon”lar bilan kelishuvi fonida amalga oshirildi. Afg‘oniston milliy xavfsizlik kengashi vakili Javed Faysalning ta’kidlanishicha, rejim bir hafta davom etadi. “Tolibon” va Vashington o‘rtasidan kelishuv imzolanishi bilan yana uzaytiriladi.
O‘zbekiston. Mamlakat tashqi ishlar vazirligining ma’lum qilishicha, 24-28 fevral kunlari Litva Respublikasining Seym (parlament) vitse-spikeri Irena Shyaulene boshchiligidagi delegatsiyasi O‘zbekistonga keladi. Xorijiy davlat delegatsiyasi Toshkent va Samarqand shaharlarida EDUFAIR Education and Career Exhibition 2020 xalqaro namunali ko‘rgazmada ishtirok etadi.
“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida Orol atrofidagi cho‘l hududlarda yovvoyi meva daraxtlarini ekish to‘g‘risida petitsiya e’lon qilindi. Unda O‘zbekistondagi foydalanishga yaroqsiz yerlarda, daryo va kanallar atrofiga tog‘ yovvoyi mevali daraxtlarini ekib, “yashil belbog‘” barpo qilish kerakligi aytilgan. Shuningdek, barcha mavjud daryo va kanallarni yer sathidan 10 metr chuqurligini ta’minlash lozimligi ta’kidlangan.
Futbol. Ispaniya chempionati 25-turi doirasida birinchi o‘yin bo‘lib o‘tdi. Unda “Betis” va “Malorka” jamoalari o‘zaro kurash olib bordi. Tomonlar 3:3 hisobidagi durangga rozi bo‘ldi.
Liga 1. 26-tur doirasida “Mets” klubi o‘z maydonida “Lion”ni qabul qilib, 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Lionliklar safida gollarga Mussa Dembele va Ussam Auar mualliflik qildi.
A Cyeriya. 25-tur doirasida ilk o‘yin bo‘lib o‘tdi. Unda “Breshiya” o‘z uyida “Napoli”ni qabul qilib, 1:2 hisobida yutqazdi. Neapolliklarga g‘alabga keltirgan gollar Lorenso Insine hamda Fabian Ruis mualliflik qildi.
Bundesliga. "Bavariya" o‘z maydonida "Paderborn"ni qabul qildi va 3:2 hisobida qiyin g‘alabaga erishdi.
LiveBarchasi