21 avgust kuni xayriya hasharida 3 mlrddan ziyod mablag‘ sarflandi

Jamiyat

image

Kecha, 21 avgust kuni “Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik!” g‘oyasi asosida umumxalq xayriya hashari o‘tkazildi. Uning yakunlari bo‘yicha Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi axborot berdi

Qayd etilishicha, umumxalq xayriya hashari davomida quyidagi ishlar amalga oshirilgan. Jumladan:
•    14 ming 71 gektardan ortiq maydonlar obodonlashtirilib, sanitar tozalangan;
•    12 ming 60 tonnadan ziyod chiqindilar chiqarib tashlangan; 
•    12 ming 419 km uzunlikdagi ariq va lotoklar tozalangan;
•    9 ming 287 ta qabriston va 711 ta ziyoratgohlar obodonlashtirilib, tartibga keltirilgan;
•    5 mln 250 mingdan ziyod daraxtlar oqlanib, ularga shakl berilgan. 

Xabarga ko‘ra, ushbu tadbirlarni amalga oshirish uchun 8 ming 460 ta texnika vositalari jalb etilgan.

Shuningdek, hashar kuni aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga beminnat muruvvat yordamlari ko‘rsatish bo‘yicha quyidagi tadbirlarni amalga oshirilgan. Xususan:
•    5 ming 947 ta kam ta’minlangan oilalarning 168 ming m2dan ziyod uy-joylari hashar yo‘li bilan ta’mirlangan; 
•    10 ming 297 nafar ehtiyojmand oilalarga, shundan 3 456 nafar nogiron va yolg‘iz qariyalarning holidan xabar olinib, ularga moddiy yordamlar ko‘rsatilgan.
Mazkur xayriya tadbirlari orqali 3 mlrd. 193 mln so‘mdan ortiq, shundan 189,0 mln. so‘mdan ortiq mablag‘ “Mahalla” fondi hisobidan aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga beminnat muruvvat yordamlari ko‘rsatishga sarflangan.

Bundan tashqari, hashar kuni mahallalarda 141 ta savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish va boshqa ob’ektlar, shundan:
22 ta maishiy xizmat ko‘rsatish shaxobchalari (go‘zallik saloni, sartaroshxona, kutubxona, dorixona, novvoyxona, nuroniylar markazi va boshqalar);
25 ta savdo ob’ektlari, 9 ta ishlab chiqarish sexi, 34 ta mahalla binosi, 7 ta bolalar sport maydonchalari, 44 ta boshqa ob’ektlar  foydalanishga topshirilgan.

O‘tkazilgan umumxalq xayriya hasharida 9 mln. 700 mingdan ziyod fuqarolar, shundan 5 mln. 664 ming nafardan ortiq yoshlar ishtirok etgan.

Ma’lumot uchun — avgust oyi davomida O‘zbekistonning barcha hududlarida obodonlashtirish va tozalik oyligi tasdiqlangan reja asosida kam ta’minlangan oilalar, yolg‘iz qariyalar, nogironlar holidan xabar olish, moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatish, shuningdek, yangi mahalla binosi, guzarlari va bolalar maydonchalarini qurish va ta’mirlash ishlari bilan davom etadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

27

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing