2030 yilgi Jahon chempionati birdan 4 ta davlatda o‘tishi mumkin

Sport

image

2030 yilgi Jahon chempionatini o‘tkazish uchun Janubiy Amerikaning 4 mamlakati qo‘shma ariza topshirdi. Mundialga Urugvay, Argentina, Chili va Paragvay birgalikda mezbonlik qilishi mumkin.

Shuningdek, chempionatni qabul qilish uchun Marokash (Afrika), Ispaniya va Portugaliya (qo‘shma ariza), Bolgariya, Ruminiya, Gretsiya va Serbiya (qo‘shma ariza) ham da’vogarlik qilmoqda. Lekin ularning mundialni qabul qilish ehtimoli yuqori emas, deya xabar beradi "Reuters" nashri.

Mezbon mamlakat 2024 yilda o‘tkaziladigan FIFA kongressida tanlab olinadi. Qayd etish joizki, Urugvay 1930 yilda (dastlabki Jahon chempionati), Chili 1962 yilda, Argentina esa 1978 yilda Jahon chempionatini o‘zida qabul qilgan. Paragvay esa hali mundialni o‘z maydonida o‘tkazmagan.

Eslatib o‘tamiz, 2022 yilgi jahon chempionati kuz-qish mavsumida Qatar “yashil maydonlari”da 21 noyabr – 18 dekabr kunlari bo‘lib o‘tadi, 2026 yilgi jahon chempionati esa AQSH, Kanada va Meksika stadionlarida o‘tkazilishi belgilangan.

Ibrohim Davronov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

59

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing