O‘zbekistonda 2030 yilga qadar oliy ta’lim xizmatlari qamrov darajasi 40 foizga yetkaziladi

Jamiyat

image

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini 2030 yilga qadar ijtimoiy-iqtisodiy kompleks rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaror loyihasi joylashtirildi.

Hujjatga muvofiq, 2030 yilga qadar oliy ta’lim xizmatlari qamrov darajasi 40 foizga, iqtisodiyot mutaxassislarga bo‘lgan talabini qondirish darajasi esa 90-100 foizga yetkaziladi, ba’zi yirik universitetlarning (kamida beshtasi) dunyodagi eng ilgor 500 universitetlar katoriga kirishi ta’minlanadi, maktabgacha ta’lim xizmatlari qamrov darajasi 2030 yilga borib 85 foizga yetkaziladi, o‘quvchilar bilimini baholash tizimiga xalqaro PISA, PIRLS, TIMSS dasturlarini joriy etiladi;

- aholini o‘rtacha umr ko‘rish yoshi 78-80 yoshga yetkazish, onalar o‘limini uchdan bir qismga, yangi tug‘ilgan chaqaloqlar o‘limi darajasi ikki martaga kamaytiriladi;

- aholini uy-joy (kishi boshiga 20 kv.m), sifatli ichimlik suv (100 foiz), elektrenergiyaga (100 foiz) bo‘lgan talabi to‘liq qondiriladi;

- ilmiy-tadqiqot ishlariga sarflanadigan harajatlar YAIM dagi ulushi 1-1,5 foizga, olimlar va tadqiqotchilarning bandlardagi ulushi 0,4 foizga, biznes sektorini ilmiy-tadqiqot ishlariga harajatlari ulushi 50-55 foizga yetkaziladi;

- YAHM o‘rtacha yillik o‘sish sur’ati 107,3 foiz, hududiy sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishi hajmi o‘sish sur’atlari 108,6 foiz, xizmatlar sohasi 108,1 foizni tashkil etishi ta’minlanadi;

- mamlakat hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining nomuttanosibligi qisqartiriladi, jumladan, YAHM 3,7 martadan 2,8 martaga, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 13,5 martadan 8 martaga, xizmatlar sohasi 8,9 martadan 6,3 martaga, shuningdek respublika urbanizatsiya darajasi 60 foizga etkaziladi.

Eslatib o‘tamiz, loyihaga o‘zgartirish kiritilishi yoki tasdiqlanmasligi mumkin.

Shahnoza To‘ramurotova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

10

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing