2026 yilgi mundialni o‘zida qabul qiluvchi 16 shahar ma’lum bo‘ldi

Sport

image

AQSH, Meksika va Kanadada bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha 2026 yilgi Jahon chempionatini o‘zida qabul qiladigan 16 ta shaharning nomi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda “Sport” nashri xabar berdi.

Qayd etish joizki, AQSHdan Jahon chempionatiga mezbonlik qiluvchi shaharlar soni 11 tani tashkil qiladi. Bular: Atlanta, Boston, Dallas, Xyuston, Kanzas Siti, Los-Anjeles, Mayami, Nyu-York, Filadelfiya, San-Fransisko va Sietl shaharlaridir.

Meksikadan esa Gvadalaxara, Mexiko va Monterrey shaharlari tanlab olingan. Kanadadan Toronto va Vankuver mundial uchrashuvlarini o‘zida qabul qiladi.

Ma’lumot o‘rnida, 2026 yilgi Jahon chempionatida ilk bor 48 ta terma jamoa ishtirok etadi. Har bir shahar uchta jamoadan iborat bo‘lgan bitta guruh uchrashuvlariga mezbonlik qiladi.

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

46

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing