“2024 Beijing International Automotive Exhibition”: GWM HAVAL brendiga mansub yangi avtomobillar modellari

Biznes

image

2024 yilning 25 aprel kunidan 30 aprel kunigacha Pekin shahrida (XXR) muhtasham “2024 Beijing International Automotive Exhibition” ko‘rgazmasi va “2024 GWM Global Conference” konferensiyasi o‘tkazilib, unda HAVAL (GREAT WALL MOTOR) avtomobil brendining O‘zbekistondagi rasmiy distribyuteri bo‘lgan ADM Global kompaniyalar guruhining rasmiy vakillari ishtirok etdi. Ushbu keng ko‘lamli tadbirlar doirasida Great Wall Motor (GWM) kompaniyasi HAVAL, TANK, POER, WEY, ORA brendlariga mansub avtomobillarni namoyish etdi.

“2024 Beijing International Automotive Exhibition” ko‘rgazmasida Great Wall Motor kompaniyasi o‘zining doimiy rivojlanishi va global mavjudligini namoyish etdi. Tadbirda brendning beshta asosiy liniyalaridan o‘nlab yangi va yangilangan, shu jumladan, HAVAL H6 va H9, TANK 700 Hi4-T, WEY 80 Intelligent Edition, ORA 03 va hokazo avtomobillar namoyish etildi. Mahsulotlarning keng assortimenti va avtomobillarning kuchli texnik xususiyatlari brendning kuchini yaqqol namoyish qildi.

HAVAL H6 krossoverining bazaviy versiyalarida 7 bosqichli robotlashtirilgan uzatmalar qutisi bilan uyg‘unlikda ishlovchi 184 ot kuchiga ega bo‘lgan 1,5-litrli turbolangan dvigatel o‘rnatiladi. Jihozlanishga 10,25 dyuymli raqamli qurilmalar paneli, 14,6 dyuymli ekranli Qualcomm Snapdragon 8155 asosidagi multimedia tizimi, panoramik lyukli tom, aylanasiga ko‘rish tizimi, 6 dinamikli audio tizimi va elektr sozlamalarga ega haydovchi o‘rindig‘i kiradi. HAVAL H6’ning to‘liq dvigatelli versiyasida 2,0 litrli 238 ot kuchiga ega dvigatel va 9 bosqichli robotlashtirilgan uzatmalar qutisi bilan birga qo‘shimcha ravishda adaptiv kruiz-nazorat, proyetsion ekran, old o‘rindiqlarning isitilishi va shamollatilishi, yo‘lovchi o‘rindig‘i elektr sozlanishi va yukxona eshigining elektr privodi, shuningdek, turli xil haydovchiga faol yordam tizimlari taklif etiladi.

Yangi HAVAL H9 dizelli dvigatellar ihlosmandlari uchun, 2,0T+8AT benzinli dvigatelga qo‘shimcha ravishda 2,4T+9AT dizelli quvvat agregatiga ega bo‘ldi. Benzinli versiyaning maksimal quvvati 165 kVt.ga, dizellisiniki esa 137 kVt.ga teng. Yuqoriga chiqish va yuqoridan tushish burchaklarining orttirilishi, buksirovkalash malakasi, differensiallarning uch blokirovkasi va ikkinchi avlodga mansub boshqaruv tizimi o‘rnatilganligi natijasida yo‘l tanlamaslik xarakteristikalari yaxshilangan. Yangi avlodga mansub bo‘lgan HAVAL H9’ning intereri yoshlarbob uslubda yaratilgan. Uch spitsali multirul, 14,6 dyuymli multimedia displeyi mavjud va iqlim tizimi yangicha uslubda ekran ostiga joylastirilgan. Jihozlanishiga, dvigatelni tugma orqali ishga tushirilishi, smartfon orqali masofadan turib kirish, panoramik kameralar va boshqa zamonaviy tizimlar kiritilgan.

TANK 700 Hi4-T – bu “Xitoy uchun innovatsion bo‘lgan va jahon bozorida kamdan-kam uchraydigan” gibrid quvvat qurilmasi bilan jihozlangan yo‘ltanlamas avtomobildir. To‘liq privodni ta’minlovchi ikkita elektr motor va 9 pog‘onali avtomatik uzatmalar qutisi bilan boyitilgan turbolangan 3 litrli dvigatel quvvat qurilmasining yuragi hisoblanadi. 100 km/soat tezlikka yetishish vaqti atigi 5 soniyaga teng, gibrid rejimdagi yoqilg‘i sarfi 100 kmga 2,97 litrni zaryadsizlangan tortish batareyasi rejimida esa 100 kmga 10,9 litr tashkil qiladi. TANK 700 Hi4-T tashqaridan jiddiy ko‘rinishga ega, ichkarisida esa qimmatbaho bezak materiallar ishlatilishi va eng mayda detallargacha bo‘lgan e’tibor aks etgan hashamat muhiti hukmrondir. Birinchi va ikkinchi qator o‘rindiqlari (ulkan o‘lchamlarga ega bo‘lishiga qaramay, qat’iy ravishda besh o‘rinli avtomobildir) isitilish, ventilyatsiya va massaj funksiyalari bilan jihozlangan. Orqa o‘rindiqlarni boshqarish uchun tirsak tayanchiga o‘rnatilgan pult mavjud. Iqlim-nazorati uch zonali, Harman Kardon akustik tizimi esa 16 dinamik bilan jihozlangan.

POER – pikaplar bo‘yicha Xitoy bozoridagi yetakchi brenddir. 2024 yilning aprel oyida Great Wall Pickup kompaniyasi butun dunyo bo‘ylab 18 069 ta pikap sotilganligini e’lon qildi, xususan, 4 979 ta birlik chet elda sotilgan bo‘lib, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 33,6 foizga ko‘pdir. Xitoyning ichki bozoridagi sotuvlar ulushi deyarli 50 foizni tashkil etdi. Ta’kidlash joizki, Xitoyda sotiladigan har ikkinchi pikap bu Great Wall Motor (GWM)ning pikapidir. Joriy yilning aprel oyida Great Wall Poer pikaplarining dunyo bo‘ylab sotuvlari hajmi 14 231 POER birligini tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 10,5 foizga ko‘paygan. So‘nggi 43 oy ichida sotilgan POER`larning soni 10 000 donadan oshdi. GWM 26 yil davomida pikaplar sotuvi bo‘yicha Xitoyda birinchi o‘rinni egallab kelmoqda. Dunyo bo‘ylab ushbu kompaniyaning sotilgan pikaplarining umumiy soni 2,58 million donadan oshdi.

WEY – bu premium darajadagi gibrid yo‘ltanlamas avtomobillar va krossoverlar markasi bo‘lib, uning falsafasi nafis dizayn, ilg‘or intellektual yechimlar va texnologik innovatsiyalarga asoslangandir. WEY brendi 2016-yilda tashkil topgan va GWMʼning raisi va asoschisi Jek Vey sharafiga nomlangan. Rossiya Federatsiyasida brend o‘z dilerlik tarmog‘i bilan rasmiy ravishda taqdim etilgan.

ORA – 2018 yilda ishlab chiqarilishi boshlangan yengil elektromobillar markasidir. Ushbu brend avtomobillarining o‘ziga xos xususiyati, zamonaviy elektrli platformasining xarizmatik retro-dizayn bilan uyg‘unlashuvidir. Bunday yondashuv, nozik klassika muxlislariga o‘zlarining estetik istaklaridan voz kechmagan holda, innovatsion texnologiyalarning barcha afzalliklaridan bahramand bo‘lishlariga imkon beradi.

Great Wall Motor – innovatsion texnologiyalar va ekologiklikka yo‘naltirilgan Xitoyning yetakchi avtomobil konsernlaridan biridir. Kompaniya butun dunyo bo‘ylab, shu jumladan AQSH, Germaniya, Avstriya, Yaponiya va Janubiy Koreyada ilmiy-tadqiqot markazlari va ishlab chiqarish bazalarining keng tarmog‘ini yaratgan. Xitoyning o‘zida GWM avtomobil ishlab chiqarishning to‘liq sikliga ega bo‘lgan o‘nta zavodga ega.

Xitoy avtomobilsozlik sanoatining chet el bozorlaridagi yo‘lboshchilaridan biri sanalgan GWM, o‘z mahsulotlarini 1997 yildayoq eksport qilishni boshlagan. Hozirda kompaniya Tailand va Braziliyada to‘liq ishlab chiqarish sikliga ega bo‘lgan o‘zining shaxsiy yig‘ish korxonalariga, shuningdek, Ekvador, Pokiston va boshqa mamlakatlardagi bir nechta yirik uzelli yig‘ish zavodlariga ega.

Xususan, Haval brendiga mansub bo‘lgan avtomobillar – “Jizzax” EIZda joylashgan, ADM Global kompaniyalari guruhiga kiruvchi, O‘zbekistondagi birinchi xususiy investitsiyalar hisobiga qurilgan avtomobil zavodi bo‘lgan, ADM Jizzakh zavodida ishlab chiqarilmoqda.

GWMʼning global sotuvlar tarmog‘i 170 dan ortiq mamlakat va mintaqalarni qamrab olib, ularda 1000 dan ortiq dilerlik markazlari faoliyat ko‘rsatmoqda. Ushbu brendning 1,4 milliondan ortiq avtomobillari xorijda sotilgan.

GWMʼning strategik maqsadi – bu butun dunyo bo‘ylab foydalanuvchilar uchun intellektual va ekologik transport xizmatlarini taqdim etish bo‘lib, bu kompaniyaga global texnologik yetakchi maqomini saqlab qolishga imkon beradi. Konsernning faoliyati, avtomobillar va ehtiyot qismlarni loyihalashtirish, ishlab chiqarish, sotish va xizmat ko‘rsatishni, shuningdek, vodorod energetikasi, quyosh energetikasi va boshqa turdagi muqobil energiya manbalari kabi istiqbolli yo‘nalishlarni rivojlantirishni qamrab oladi. Intellektual ulanish, avtonom tarzda boshqaruv va mikroyelektronika sohasidagi ilg‘or texnologiyalarni tadqiq etish va joriy etilishiga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Zamonaviy dunyoda Great Wall Motors (GWM) keng tan olingan va jahon bozorida mustahkam o‘rinni egallashga erishgan. Kompaniya ko‘p marotalab “China’s Top 500 Enterprises”  (“Xitoyning eng yaxshi 500 ta korxonasi”), “China’s Top 500 Machinery Manufacturers” (“Xitoyning eng yaxshi 500 ta uskuna ishlab chiqaruvchilari”), “China’s Top 500 Manufacturers” (“Xitoyning eng yaxshi 500 ta ishlab chiqaruvchilari”) kabi nufuzli reytinglari ro‘yxatiga kiritilgan.
Bundan tashqari, GWM bir necha yillar davomida ketma-ket ravishda “Forbes Best Listed Companies in Asia-Pacific Region”, “Forbes Global 2000”, “Fortune China 500” hamda “BrandZ Top 100 Most Valuable Chinese Brands” ro‘yxatlariga kiritilgan bo‘lib, bu uning xalqaro maydondagi yuksak maqomi va obro‘sidan dalolat beradi.

Xitoyning mashinalar va elektron buyumlarni import va eksport qilish bo‘yicha savdo palatasi (CCCME – China Chamber of Commerce for Import and Export of Machinery and Electronic Products)  tomonidan “Recommended Export Brand” (“Tavsiya etilgan eksport brendi”) va Savdo vazirligi hamda Rivojlanish va islohotlar bo‘yicha milliy komissiyasi ((Ministry of Commerce and the National Development and Reform Commission) tomonidan “National Vehicle Export Base Enterprise”  (“Avtomobillarni eksport qilish bo‘yicha asosiy milliy korxona”) unvonlarining taqdim etilganligi, Kompaniya muvaffaqiyatlarining tan olinishining ramziga aylandi. Shuningdek, GWM Hydrogen Council (Vodorod bo‘yicha kengash)ga a’zo bo‘lgan Xitoyning birinchi avtomobil ishlab chiqaruvchisiga aylandi.

Ilg‘or texnologik yechimlarni ta’minlash maqsadida GWM besh yetakchi yetkazib beruvchilar bilan hamkorlik qiladi: SVOLT (elektromobillar va akkumulyatorlar texnologiyalari), HYCET (dvigatellar va quvvat agregatlari), FTXT (vodorod energetikasi va yoqilg‘i elementlari), MIND Electronics (yoritilish va elektronika) va NOBO Autos (o‘rindiqlar, bamperlar va shinalar). Bu kompaniyaga zamonaviy bozor talablariga javob bera oladigan innovatsion va yuqori sifatli avtomobillarni taqdim etish imkonini beradi.

Brendning “One GWM” strategiyasi doirasida Great Wall Motor uning qiymatini namoyon ettilishini kuchaytirish orqali o‘z brendining imijini o‘zgartirmoqda va mahsulotlarining besh asosiy modellar qatorini kengaytirishni davom ettirmoqda. Jahon iste’molchilarining ehtiyojlariga asoslanib, kompaniya murakkab foydalanish ssenariylarida ularning turli xil talablarini qondirish maqsadida “multi-category + multi-power combination” (“multi-kategoriya + multi-quvvatli kombinatsiya”) xorijiy strategiyasini shakllantirdi. Barcha sotilayotgan asosiy modellar ANCAP va E-NCAP’ning eng yuqori besh yulduzli reytinglariga ega bo‘ldilar. GWM TANK 300 va 500 kabi premium toifasidagi modellar dunyo bozoriga chiqarildi va tezkor ravishda 30 dan ortiq mamlakatlarda amalga kiritildi. GWM TANK 300 hatto hardkor yo‘ltanlamas avtomobillarning dunyo bo‘ylab sotuvlari bo‘yicha 2-o‘rinni egallab, Xitoy avtomobillarining yangi imijini yaratishga erishdi. “2024 Beijing International Automotive Exhibition” ko‘rgazmasida GWM tadbirni xitoy va ingliz tillarida to‘liq yoritilishini, shuningdek, brend taqdimotining xorijiy ijtimoiy tarmoqlarda jonli efirga uzatilishini ta’minlab, brendning global rivojlanishdagi ijobiy imijini namoyish etdi.

Ta’kidlash joizki, “2024 Beijing International Automotive Exhibition” va “2024 GWM Global Conference” o‘tkazilgan kunlarda ADM Global kompaniyalar guruhi vakillari, GWM`ning yangi avtomobillari modellarining qiziqarli test-drivida ishtirok etdilar. Avtomobillar yo‘lsizlik trassalarda ajoyib yengib o‘tish qobiliyatini, manyovrlikni va barqarorlikni namoyish etib, o‘zlarining yuqori yo‘ltanlamaslik sifatlarini tasdiqladilar. Tadbirning muvaffaqiyatli o‘tkazilishi brendning ishonchli va yengib o‘tuvchi yo‘ltanlamas avtomobllar ishlab chiqaruvchisi sifatidagi maqomini yanada mustahkamladi.

ADM Global kompaniyalar guruhi faoliyati to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar adm.uz rasmiy saytida taqdim etilgan.

HAVAL krossoverlarining xarakteristikalari, mavjud komplektatsiyalari va narxlari bilan haval.uz saytida tanishishingiz mumkin.

HAVAL axborot liniyasi: +998 (71) 287-88-88

E-mail | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

HAVAL’ning rasmiy dilerlik markazlari: 

● ADM-ASTER Toshkent          Telefon: +998 (55) 506-25-52

● Sayor Motors Toshkent        Telefon: +998 (55) 519-00-01

● HAVAL Andijon                  Telefon: +998 (95) 179-01-01, +998 (95) 179-00-01

● HAVAL Buxoro                      Telefon: +998 (91) 827-27-27

● HAVAL Samarqand               Telefon: +998 (55) 506-25-52

● HAVAL Termiz                      Telefon: +998 (90) 522-20-20

Reklama huquqi asosida


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing