2023 yildan QQS 12 foizga tushiriladi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

O‘zbekistonda qo‘shilgan qiymat solig‘i 15 foizdan 12 foizga tushiriladi. Bu haqda bugun, 22 avgust kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan uchrashuvida so‘z bordi.

Ochiq muloqotda kichik va o‘rta biznes uchun eng muammoli masalalardan biri qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblash va qaytarish bilan bog‘liqligi ta’kidlandi.

Prezident 2021 yilgi tadbirkorlar bilan ochiq muloqotida biznes uchun soliq yukini tushirish siyosatini davom ettirib, qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasini yanada tushirishga va’da bergan edi.

“Ochiq aytishim kerak, “iqtisodiyot pandemiya tufayli hali to‘liq tiklanmadi, jahon iqtisodiyotidagi vaziyat yaxshi emas, shu sababli buni keyinga qoldiraylik”, deb taklif berganlar ham bo‘ldi.

Lekin sizlarni ishontirib aytaman: biz islohotlar yo‘lidan hech qachon ortga qaytmaymiz va 2023 yil 1 yanvardan boshlab qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasini 12 foizga tushiramiz!”, deydi Shavkat Mirziyoyev.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev QQS

Baholaganlar

269

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing