2023 yilda tashrif buyurish eng xavfli bo‘lgan mamlakatlar e’lon qilindi

Olam

image
0:00
0:00
download

Afg‘oniston 2023 yilda tashrif buyurish uchun eng xavfli mamlakat deb topildi. Bu haqda tibbiyot va xavfsizlik bo‘yicha International SOS kompaniyasi ma’lum qildi.

Tashkilot chop etgan Xavf xaritasiga ko‘ra, Suriya 2023 yilda tashrif buyurish uchun ikkinchi raqamli eng xavfli davlatga aylandi. Undan keyingi o‘rinlarda Ukraina, Mali va Iroq joylashgan.

Qayd etish kerakki, Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishiga qadar mamlakatdagi xavf darajasi o‘rtacha edi. Biroq ayni paytda Ukrainadagi xavf ko‘rsatkichi maksimal chegaraga yetdi. Mali esa ancha paytdan buyon borish tavsiya qilinmaydigan davlatlar qatorida turadi. 

Xavf darajasi “ekstremal” deb tasniflangan boshqa davlatlar qatoriga Markaziy Afrika Respublikasi, Yaman, Somali va Janubiy Sudan, Nigeriya, Kongo Demokratik Respublikasi, Pokiston, Mozambik va Isroilning ayrim hududlari kirgan.

Ukrainadagi urush va kundalik turmush tarzi yomonlashishi ortida Yevropada ijtimoiy tartibsizliklar kuchaydi. Biroq baribir Yevropadagi xavf darajasi pastligicha qolmoqda. Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya kabi davlatlardagi xavfsizlik anchayin barqarorligi ta’kidlangan.

Norvegiya tashrif uchun dunyoning eng xavfsiz mamlakati deb topilgan. Undan keyingi o‘rinlarni Finlyandiya, Shveysariya, Daniya va Islandiya egallagan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

2097

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing