2023 yilda qaysi mamlakatlar noodatiy binolari bilan dunyoni lol qoldirmoqchi? (fotoreportaj)
Bu qiziq
−
14 yanvar 2023
129122022 yil dunyo arxitekturasida Afrika hamda Amerika mamlakatlari o‘zining energiyatejamkor binolari bilan peshqadamlik qilgan bo‘lsa, 2023 yilda Osiyo va Yevropa davlatlari bu yo‘nalishda katta yangiliklarni taqdim qilish arafasida turibdi. Joriy yilda arxitekturanining yangi pog‘onaga chiqishiga sabab bo‘ladigan bir nechta bino ro‘yxati e’lon qilindi.
“Abrahamic Family House” maydoni, BAA
Birlashgan Arab Amirliklarida qurilayotgan markaz o‘zining kamyob xislati bilan boshqa binolardan ajralib turadi. Bu majmuadan o‘rin oladigan musulmonlar masjidi, xristian va yahudiylar ibodatxonalari bir joyda jamlanadi. Binolar uchta bir xil kubik shaklga ega bo‘lgan masjid, sinagoga va cherkovdan iborat bo‘ladi. Majmua asosan madaniy almashinuvni rivojlantirish maqsadida qurilmoqda.
Isroil Milliy kutubxonasi
Isroil Milliy kutubxonasi Quddusning tarixiy binolar andozasida bo‘lib, 50 ming metr kvadratlik o‘qish zali, yoshlar markazi, ko‘rgazma xonasi va yordamchi xonalardan iborat. Kutubxona binosida qo‘lyozmalar va fotosuratlar arxivi ham mavjud. Yangi kutubxona binosi mamlakatning parlamenti yonida joylashgan. Kutubxona arxitekturasi noyob va qurilishi murakkab bo‘lgan yumaloq konstruksiya asosida barpo etilgan.
“Merdeka 118” osmono‘par binosi, Malayziya
Malayziya poytaxti Kuala-Lumpurdan 678 metr balandlikda joylashgan “Merdeka 118” hozirda Dubayda joylashgan Burj Xalifadan keyingi dunyoning ikkinchi eng baland binosi bo‘lishi kutilmoqda. Bino loyihasi Malayziya mustaqilligini e’lon qilgan Tunku Abdul Rahmonning qo‘llarini tepaga ko‘tarib turgan holatiga o‘xshatma sifatida qurilmoqda. Binoda savdo markazlari, teatr, ofislar, mehmonxona va Janubi-sharqiy Osiyodagi eng baland kuzatuv maydonchasi bo‘lishi aytilmoqda.
Shuningdek, quyida 2023 yilda qurilishi rejalashtirilgan noodatiy binolar bilan tanishishingiz mumkin:
“Nordo” majmuasi, Daniya
“Lola Mora” madaniyat markazi, Argentina
“AMRF” binosi, Avstraliya
“Kempegowda International Airport” binosi, Hindiston
“Grand Egyptian Museum” binosi, Misr
Nurmuhammad Fayzullayev
LiveBarchasi