2023 yilda eng ko‘p tinglangan qo‘shiqlar ma’lum qilindi
Madaniyat-san’at
−
29 noyabr 2023
18041Amerikalik qo‘shiqchi Morgan Uollenning “Last Night” (“So‘ngi tun”) qo‘shig‘i Apple Music'ning 2023 yilda eng ko‘p tinglangan xiti bo‘ldi. Bu haqda “Associated Press” agentligi xabar berdi.
Uollenning qo‘shig‘i 52 kun davomida Apple Music'ning eng xit taronasi bo‘lib turgan. Bu esa rekord natija hisoblanadi. Shuningdek “Last Night” Global Daily Top 100 chartida ham birinchi o‘rinni egallagan.
Mayli Sayrusning “Flowers” (“Gullar”) qo‘shig‘i Apple Music'ning top chartida ikkinchi o‘rinni olgan. Kuchli uchlikka SZA (Solana Imani Rove)ning “Kill Bill” (“Billni o‘ldirish”) asari yakun yasab bergan. Taniqli reper Drake va Shayya Bin Eybraxam-Jozef (21 Savege)ning “Rich flex” (“Maqtanchoq boy”) musiqiy asariga 4-o‘rin nasib qilgan. Teylor Sviftning “Anti-hero” (“Anti-qahramon) qo‘shig‘i 5-o‘ringa joylashgan.
Shuningdek, o‘zbekistonlik tinglovchilar orasida ham mashhurlikka erishgan nigeriyalik reper Rema va Selena Gomesning “Calm down” (“Tinchlan”) qo‘shig‘i reytingning 12-o‘rinini band etgan. Bu nigeriyalik qo‘shiqchinig eng yuqori natijasi sifatida qayd qilindi. Yana bir mashhur strim Shazam'da “Calm down” qo‘shig‘i eng ko‘p tinglangan.
Ma’lumot uchun, Apple Music, Yandex music, Spotify, Shazam va boshqa shu kabi platformalar musiqiy strimlarni amalga oshiradi. Ijodkorlarga esa ularning asarlari qancha tinglanganiga qarab pul to‘lanadi.
LiveBarchasi