2023 yil boshida qaysi hududda eng ko‘p chaqaloq tug‘ilgani aytildi

Bu qiziq

image

2023 yilning yanvar-fevral oylarida respublika bo‘yicha 141 090 ta tirik tug‘ilish holati FHDYO organlarida qayd etilgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 4714 taga (3,5%) ko‘paygan. Bu haqda Statistika agentligi ma’lum qildi.

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu muddatda eng ko‘p Samarqand viloyatida chaqaloqlar dunyoga kelgan bo‘lib, ko‘rsatkich 16 500 tani tashkil etadi.
Hududlar kesimida tug‘ilishlar soni:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 6 436 nafar; 
  • Andijon viloyati – 12 469 nafar;
  • Buxoro viloyati – 6 612 nafar; 
  • Jizzax viloyati – 6 365 nafar;
  • Qashqadaryo viloyati – 14 766 nafar;
  • Navoiy viloyati – 4 185 nafar;
  • Namangan viloyati – 12 145 nafar;
  • Samarqand viloyati – 16 500 nafar;
  • Surxondaryo viloyati – 13 010 nafar;
  • Sirdaryo viloyati – 3 649 nafar;
  • Toshkent viloyati – 11 062 nafar;
  • Farg‘ona viloyati – 15 099 nafar;
  • Xorazm viloyati – 6 501 nafar;
  • Toshkent shahri – 12 291 nafar.

Ravshan Aliyev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing