2022 yilning so‘zi e’lon qilindi

Bu qiziq

image

Oksford ingliz lug‘ati “goblin mode” (“goblin rejimi”) iborasini 2022 yilning so‘zi deb tan oldi. Bu haqda lug‘atning saytida xabar qilindi.

“Goblin mode” – bu ijtimoiy me’yorlarni rad etish bilan birga o‘z xohish-istaklarini qondirish, dangasalik, beparvolik va ochko‘zlikka moyil bo‘lgan xatti-harakatlarning bir turidir.

Ma’lumot uchun, ushbu ibora ilk marotaba 2009 yilda Twitter ijtimoiy tarmog‘ida ishlatilgan. U joriy yilning fevral oyida ko‘plab mamlakatlarda koronavirus cheklovlari yumshatilgandan so‘ng mashhurlikka erishgan. Ko‘rinib turibdiki, bu ibora pandemiyadan keyin normal holatga qaytishni rad etgan va estetik me’yorlarga qarshi chiqqan odamlarning kayfiyatini tasvirlash uchun ishlatiladi.

Oksford lug‘atiga ko‘ra, joriy yilning so‘zi birinchi marta ommaviy ovoz berish yo‘li bilan tanlangan. Unda 300 mingga yaqin kishi ishtirok etgan.  Jarayonda “Goblin mode” dan tashqari “Metaverse” so‘zi va #IStandWith heshtegi mos ravishda ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni egallagan. Ta’kidlanishicha, #IStandWith heshtegidan foydalanish chastotasi joriy yilning mart oyida Ukrainadagi vaziyat fonida o‘sgan.

Ozoda Choriyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

480

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing