2022 yilning eng xavfsiz va arzon aviakompaniyasi aniqlandi
Bu qiziq
−
07 yanvar 2022
7258AirlineRatings.com 2022 yil uchun o‘zi kuzatgan 385 ta aviokompaniyadan yigirmatasiga eng xavfsiz va o‘nta bexatar, arzon aviakompaniyani e’lon qildi.
Dunyodagi eng xavfsiz aviakompaniyalarni baholashda keng qamrovli omillar hisobga olingan:
• aviakompaniya samolyot oxirgi 5 yil ichida halokatga uchragani va ikki yil ichida jiddiy hodisalar qayd etilgani;
• aviatsiya boshqaruvi va sanoat organlarining auditlari;
• hukumat auditlari;
• sanoatning yetakchi xavfsizlik tashabbuslari;
• flot yoshi va COVID-19 ning xavfsizlik protokollari.
Air New Zeland’ni 2022 yil uchun dunyodagi eng xavfsiz aviakompaniya sifatida tanlab, AirlineRatings.com muharrirlari aviakompaniyani eng qiyin ob-havo sharoitlarida ham ishlayotganini ta’kidladi.
Shuningdek, u texnik innovatsiyalar bo‘yicha yetakchilik qilmoqda va o‘rtacha yoshi atigi 6-8 yil bo‘lgan juda yosh flotga ega.
Air New Zeland, shuningdek, Future Air Navigation System kabi xavfsizlikni yaxshilashda ishtirok etdi, o‘z floti bo‘ylab dvigatellarining real vaqt rejimida monitoringi va RNP (Kerakli navigatsiya ishlashi) yordamida bulutdagi tog‘lar atrofidan aniq yondashuvlar asosida aniq harakatlanishni ta’minladi.
Munira Tursunova
LiveBarchasi