2022 yildan buyon fuqaroligini o‘zgartirgan rus sportchilari soni ma’lum bo‘ldi
Sport
−
12 avgust 2023
55952022 yildan beri 67 nafar rossiyalik sportchi fuqaroligini o‘zgartirdi. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi sport vazirligi ma’lum qildi.
Manbaga ko‘ra, 2022 va 2023 yillarda fuqaroligini o‘zgartirganlardan 47 nafari yozgi olimpiya sport turlari, 8 nafari qishki olimpiya sport turlari va 12 nafari nodavlat sport turlari vakillari hisoblandi.
2022 yil fevralida Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi (XOQ) xalqaro federatsiyalarga Ukrainadagi vaziyat tufayli Rossiya va belaruslik sportchilarni musobaqalarda ishtirok etishini cheklash bo‘yicha tavsiya berdi. 2023 yil mart oyi oxirida XOQ Rossiya va belaruslik sportchilarga xalqaro musobaqalarda faqat neytral sportchi sifatida, Ukrainadagi urushni qo‘llab-quvvatlamagan holda qatnashishni tavsiya qildi. Qurolli kuchlar va xavfsizlik organlariga aloqador sportchilarni esa musobaqalardan chetlatish tavsiya qilindi.
Eslatib o‘tamiz, may oyida Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UEFA) Rossiya futbol klublarini 2022/23 yilgi mavsum klub musobaqalaridan chetlatgandi. Futbol bo‘yicha Rossiya terma jamoasi ham 2022/23 yilgi mavsum Millatlar ligasida ishtirok etmaydi.
LiveBarchasi
26 noyabr