2022 yilda yo‘lsozlikda salkam 1,5 mlrdlik qoidabuzarliklar aniqlandi

Jamiyat

image

2022 yilning o‘tgan davrida O‘zbekistonda yo‘l qurilishi sohasida 3 mingdan ortiq qoidabuzilish holati aniqlandi. Bu haqda “O‘zyo‘linspeksiya” Matbuot xizmati rahbari  Komiljon Shamsiddinov ma’lum qildi.

Nazorat qilish ishlari natijasida 61 ta holat bo‘yicha umumiy summasi qariyb 1 mlrd. 339 mln so‘mlik sifatsiz bajarilgan qurilish-montaj ishlar hajmini to‘lovdan chiqarish bo‘yicha buyurtmachilarga talabnomalar kiritilgan.

Sirdaryo viloyatida Sardoba tumani hududidan o‘tuvchi 4R199 avtomobil yo‘lining 0-37 kilometrlari oralig‘ida o‘tkazilgan joriy ta’mirlash natijasida – 129,3 mln so‘mlik, Samarqand viloyati Nurobod tumani “Sepki” qishlog‘idagi 53-maktabga olib boruvchi ichki yo‘lni ta’mirlashda – 112,9 mln so‘mlik, Buxoro viloyatidagi Vobkent va Romitan tumanlari hududidan o‘tgan 4N155 avtomobil yo‘lining 8,5-11 kilometrlari oralig‘idagi joriy ta’mirlash natijasida – 47,2 mln so‘mlik ishlar sifatsiz bajarilgani, talabga mutlaqo javob bermagani uchun hisobdan chiqarilgan, ya’ni puli to‘lab berilmaydi.

Bugungi kunda 35 ta holatdagi 406,33 mln so‘m miqdorida bo‘lgan sifatsiz bajarilgan ishlar bartaraf etilishiga erishilgan, qolgan  26 ta holatdagi 932,48 mln so‘mlik sifatsiz ishlar hududiy davlat inspektorlarining nazorati ostiga olingan.

Bulardan tashqari, qo‘pol ravishdagi qoida buzilishlarga yo‘l qo‘yilgan 72 ta holat bo‘yicha pudratchi tashkilotlarning mansabdor shaxslariga nisbatan tegishli choralar qo‘llash bo‘yicha Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 99- va 147-moddalari asosida ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Shaharsozlik sohasidagi qonun hujjatlari talablarini qo‘pol ravishda buzayotgan mansabdor shaxslarni javobgarlikka tortish to‘g‘risida 10 ta holat bo‘yicha yuqori turuvchi organlariga taqdimnoma kiritildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

22

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing