2022 yilda vafot etgan o‘zbekistonliklarning o‘lim sabablari ochiqlandi
Jamiyat
−
02 fevral 2023
9847O‘zbekistonda 2022 yilda 172,1 ming kishi turli kasallik va baxtsiz hodisalar oqibatida vafot etgan. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, vafot etganlarning 95 ming nafari erkaklar va 77,1 ming nafari ayollarni tashkil qilgan. Ro‘yxatga olingan o‘lim holatlarining asosiy qismi (55,5%) qon aylanish tizimi kasalliklariga to‘g‘ri kelgan.
Shuningdek, 9,6 foiz odamlar nafas olish tizimi kasalliklari, 8 foiz neoplazmalar, 5,5 foiz baxtsiz hodisalar, zaharlanish va shikastlanishlar, 4,1 foiz ovqat hazm qilish tizimi kasalliklari, 1,4 foiz yuqumli va parazitar kasalliklar, 15,9 foiz esa boshqa kasalliklar oqibatida hayotdan ko‘z yumgan.
O‘tgan yil davomida nisbatan kam sonli o‘limlar yanvar va sentyabr oylarida, eng ko‘prog‘i esa iyul va avgust oylarida qayd etilgan.
Yosh guruhlari bo‘yicha o‘lim darajasi 20 yoshgacha bo‘lgan (20%), 20 yoshdan 59 yoshgacha (24,6%) va 60 va undan katta yoshdagilar (55,4%)ni tashkil etgan.
LiveBarchasi